not dunyosi orasidagi munosabatlar hal qiluvchi rol o ‘ynaydi. Shu bilan birga, har bir joyning o ‘simlik qoplami tarixiy jarayonda dastlab muhitning abiotik omillari bilan aloqada shakllanadi. Xuddi shunday, hayvonot dunyosi va uning tarqalishi ham har bir joyning abiotik omillariga uzviy bog‘liq. Hayvonot dunyosining kelib chiqishi, tarqalishi, tur tarkibi va uning shakllanish tarixi va boshqa xususiyatlarini o ‘rganishda zoo geografik rayonlashtirish muhim o ‘rinni egallaydi. Ma’lumki, yer yu- zidagi har qanday keng maydonning ekologik sharoitlari u yoki bu darajada o ‘zaro farq qiladi. Undagi o ‘simlik va hayvon guruhlarining tarkibi ma’lum darajada u yerdagi geografik muhit bilan bo‘ladigan aloqalarga bog‘liq. Keng maydondagi fauna va flora o ‘zining makon va zamondagi genezisi bilan turli-tuman, ya’ni geterogendir. Fauna ning shakllanishidagi geterogenlilik prinsipi universal b o iib , u har qanday hudud faunasining shakllanishida amal qiladi. Faunistik tarkibning o ‘simliklar qoplami tipiga va nihoyat, geografik muhit ning o ‘ziga xosligiga bog‘liqligi hayvonot dunyosining tarqalishidagi zonallilik prinsipining asosini tashkil etadi. Mana shu ikki asos (geo- grafik-genetik geterogenlilik va zonallilik) yer yuzi faunasini zamo naviy rayonlashtirishning negizi bo‘lib xizmat qiladi. Shu asosda yer yuzasi kelib chiqishi, shakllanish yo ‘nalishi va organizmlaming adap tatsiyalanish xususiyatlariga ko‘ra o ‘zaro farqlanuvchi zoogeografik rayonlarga taqsimlanadi. Zoogeografik rayonlashtirishning zarurligi va muhimligi shundaki, u yer yuzasining turli qismlaridagi faunalar 80
orasida mavjud bo‘lgan tafovutlami aniqlash imkonini beradi hamda