hududi. Ayni vaqtda preriya egallagan deyarli barcha maydon asosan
ekinzorlarga aylantirilgan.
Relikt
- (lot. relictum qoldiq) - qadimgi davrlardan qoldiq sifa
tida saqlanib qolgan organizm, predmet yoki hodisa.
Reofil
- (gr. rheos oqim+phileo sevaman) - oqimga ega boig an
suvlarda yashashga moslashgan hayvon turlari.
Savannalar
- (isp. sabana) - o ‘tchil o ‘simliklar va asosan bo-
shoqlilar (bo‘yi 5 metrgacha yetadi) bilan qoplangan tekisliklar.
Skreb
- (ing. scrub) - Avstraliyaning qurg‘oqchil
rayonlaridagi
past bo‘yli, qurg‘oqchilikka chidamli doimiy yashil buta o ‘simliklari
qoplami.
Stenoterm
- (gr. stenos tor, cheklangan+therme issiq) - tashqi
muhitning kam tebranishli haroratga ega boig an
sharoitida yashash
qobiliyatini saqlab qolgan organizmlar majmuasi.
Termofil
- (gr. thermos issiq+phileo sevaman) - harorati nisbatan
yuqori b o ig an tashqi muhit sharoitida yashashga qobiliyatli orga
nizmlar majmuasi.
Ubikvistlar
- (lot. ubique hamma joyda, har yerda) - juda xilma-
xil sharoitlarda yashay olish qobiliyatiga ega bo ‘ lgan о ‘ simlik va hay
von turlari (bo‘ri, tulki).
Fauna
- (lot. fauna) - qadimgi Rim afsonalariga ko‘ra, o‘rmon va
dalalar m a’budasi, podalar homiysi m a’nosiga ega b o iib ,
qandaydir
sistematik guruhga mansub hayvonlaming tarixiy shakllangan maj
muasi (ixtiofauna va boshqalar).
Flora
- (lot. flora) - qadimgi Rim afsonalariga ko‘ra, gullar, bahor
va yoshlik ma’budasi ma’nosiga ega b o iib , qandaydir joydagi yoki
geologik davrdagi barcha o‘simlik turlarining majmuasi.
Formatsiya
- (lot.
formation hosil boiish, tur) - muayyan da-
rajaga, rivojlanish bosqichiga muvofiq keladigan biror bir narsaning
tuzilishi yoki tipi.
E vribiontlar - (gr. eurys keng+bios hayot)
- tashqi muhitning
juda turli-tuman sharoitlarida yashash qobiliyatiga ega b o ig an orga
nizmlar.
206