F. Ruzveltning "Yangi yo’li"



Yüklə 18,02 Kb.
tarix09.02.2023
ölçüsü18,02 Kb.
#83673
4-mavzu. iqtisodiy tarix


F.Ruzveltning “Yangi yo’li”
1932-yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Demokratlar partiyasi nomzodi Franklin Delano Ruzvelt g‘alaba qozondi. U AQSH tarixida eng mashhur prezident sifatida nom qoldirdi. Xo‘sh, F. Ruzvelt (1882—1945) qanday xizmatlari evaziga bunday buyuklikka erishgan? U AQSHni iqtisodiy inqirozdan qutqarish va uning buyukligini saqlab qolishning har tomonlama puxta ishlangan rejasini yarata oldi va uni hayotga to‘la tatbiq qildi. Bu AQSH tarixiga F. Ruzveltning «yangi yo‘li» nomi bilan kirdi. Yangi yo‘l — Amerika iqtisodiyotida keng miqyosli islohotlar o‘tkazish yo‘li edi. Uning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni to‘liq saqlab qolgan holda, davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etishni tashkil etadi. F. Ruzveltning «yangi yo‘li» bo‘yicha davlat mamlakat iqtisodiyotini boshqarishga faol aralashdi. Mehnat huquqi jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqildi. Ishsizlikka qarshi kurash uchun katta miqdorda mablag‘ ajratildi. Ayni paytda ijtimoiy sug‘urta asoslari — pensiya, nafaqa, sog‘liqni saqlash va xalq ta’limini takomillashtirish ko‘zda tutildi. F. Ruzvelt ishni birinchi navbatda banklarni saqlab qolishdan boshladi. Shu maqsadda Favqulodda bank qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, faqat eng yirik banklarga davlat qarzi olishga ruxsat etildi. Oqibatda 25 mingta bankdan 15 mingtasi qoldi. Ular davlatdan qarz olib, omonatchilar ko‘z o‘ngida o‘z obro‘larini saqlab qola oldi. 1933-yilda «Sanoatni qayta tiklash haqida» qonun qabul qilingan. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan boshqarilishi tizimini joriy etdi. Bu tizim sanoatning har bir sohasi uchun ishlab chiqilgan «Halol raqobat kodeksi» deb nomlangan hujjatda o‘z ifodasini topgan. Bu kodekslarda har bir korxonaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahsulot narxi, savdo bozori belgilab qo‘yildi. Ayni paytda qonun ish haqi eng kam miqdori hamda ish haftasining maksimal vaqti kodekslarda qat’iy belgilanishini talab etadi. Bundan tashqari, qonunda korxona ma’muriyati bilan jamoaviy shartnoma tuzilishi, ishsizlarga yordam berilishi ko‘zda tutildi. Davlat ishsizlikka qarshi kurash maqsadida ijtimoiy ishlar maxsus qo‘mitasini tuzdi. Bu qo‘mitaga yo‘l qurish, maktablarni ta’mirlash, sport majmualari barpo etish kabilar yuklatildi. Shu orqali 8 mln ishsiz ish bilan ta’minlandi. Kambag‘al oilalardagi 18—25 yoshli ishsiz fuqarolar uchun maxsus lagerlar barpo etilgan. Ularda tekin ta’lim berilib, bu ishsizlar sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur ixtisosliklarga o‘rgatildi. Har bir shtatga ishsizlarga yordam ko‘rsatish uchun dotatsiyalar ajratildi. Natijada bu tadbirlar AQSHni ijtimoiy larzalardan saqlab qoldi. «Yangi yo‘l» AQSH qishloq xo‘jaligini ham qamrab oldi. Chunki inqiroz AQSH qishloq xo‘jaligiga juda katta ziyon yetkazgan edi. Buning oqibatida ko‘plab fermer xo‘jaliklari halokatga uchradi. AQSH Kongressi 1933-yilning 12-mayida «Fermerlarga yordam haqida» qonun qabul qildi. Qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari oshirildi. O‘z navbatida, fermerlar ekin maydoni va chorva mollari sonini qisqartirish haqida davlat bilan shartnoma tuzishlari lozim edi. Shunday qilgan fermerlarga mukofot belgilandi. Fermerlarning qarzi davlat hisobiga o‘tkazildi yoki uni to‘lash noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi. Ayni paytda fermerlarga kredit berildi va nihoyatda nochor fermer xo‘jaliklari tugatildi. Bular jami fermer xo‘jaliklarining 10 foizini tashkil etgan. Bu tadbirlar Amerika qishloq xo‘jaligini halokatdan saqlab qoldi. «Yangi yo‘l» siyosati ijtimoiy himoyani ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Chunonchi, 1935- yilda Kongress «Vagner qonuni»ni qabul qildi. Unga ko‘ra, ishchilar jamoaviy shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘ldilar. Ayni paytda ishchilarga ish tashlash huquqi ham berildi. Ish tashlashda qatnashganlik uchun ta’qib etish taqiqlandi. Shu yili AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug‘urtalash haqida qonun qabul qilindi. Unda keksalarni ta’minlash; ishsizlik bo‘yicha yordam puli to‘lash; nogironlarga, yolg‘iz oilalarga va yetim bolalarga nafaqa to‘lash ko‘zda tutildi. Bu hodisa adolatli jamiyat qurilishi yo‘lidagi katta qadam edi. «Yangi yo‘l» keng ommaning ahvolini yaxshilash uchun eng boy oilalarning daromadlariga qo‘shimcha soliq solishni izchillik bilan amalga oshirdi. Shu tariqa, F. Ruzveltning «yangi yo‘li» dunyoda eng ko‘lamli inson huquqlari va konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini vujudga keltirdi. Oqibatda AQSHda dunyoda eng yuqori turmush darajasi ta’minlandi. «Yangi yo‘l» AQSHga buyuk, gullab-yashnayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mukammal davlat shuhratini keltirdi. AQSH tashqi siyosatida ikki oqim, ya’ni izolatsionizm va internatsionalizm tarafdorlari o‘rtasida kurash ketdi. Izolatsionizm tarafdorlari AQSHning faol tashqi siyosatiga qarshi edilar. Ular asosan ichki muammolar bilan shug‘ullanishni afzal bildilar. Internatsionalizm tarafdorlari esa, AQSH jahon siyosatining faol ishtirokchisi bo‘lishi kerak, deb hisoblardilar. Oxir-oqibatda bu oqim g‘alaba qozondi. AQSH dunyodagi eng buyuk davlatga aylangan bir davrda, tabiiyki, u dunyo siyosatidan chetda tura olmas ham edi. AQSHning Birinchi jahon urushida qatnashishi izolatsionizmga uzil-kesil chek qo‘ydi. Birinchi jahon urushi tugagach, AQSH jahon siyosiy xaritasini qayta qurishning faol ishtirokchisi bo‘lishga urinib ko‘rdi. Chunonchi, u Versal — Vashington tizimini yaratishda faol qatnashdi. Uning qat’iy talabi bilan Millatlar Ligasi ustaviga Versal shartnomasi matni qo‘shildi. Ayni paytda Buyuk Britaniya va Fransiya AQSHning dunyoda, xususan, Yevropada gegemonligi o‘rnatilmasligi uchun barcha choralarni ko‘rdilar. Xususan, Versal shartnomasi, Buyuk Britaniya va Fransiya manfaatlarini ko‘proq aks ettirganligi shu bilan ham izohlanadi. Bundan tashqari, Parij sulh konferensiyasi Uzoq Sharqda Yaponiya mavqeyini ham mustahkamladi. Bular AQSH tashqi siyosatining amaldagi muvaffaqiyatsizligi edi. Shuning uchun ham AQSH Kongressi Versal shartnomasini tasdiqlamadi. AQSH Yevropadagi ta’sirini saqlab qolish uchun 1921-yilda Germaniya bilan alohida tinchlik shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ldi. AQSH Tinch okean havzalarida o‘z mavqeyini mustahkamlash niyatida prezident U. Garding (1921—1923) talabi bilan 1921-yilda Vashington konferensiyasini chaqirishga erishdi. AQSH kuchaya borgan sari, boshqa buyuk davlatlarni jahon bozorlarida ta’qib eta boshladi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Markaziy va Janubiy Amerika bozoridagi o‘rniga zarba berdi. Masalan, 1913—1927-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniyaning bu mintaqa davlatlari importida ulushi 25% dan 16% ga tushib qoldi. AQSHning ulushi 24% dan 38% ga ortdi. AQSHning Janubiy Amerika davlatlariga joylashtirgan sarmoyasi esa 13 baravar ko‘paydi.
Yüklə 18,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin