F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/109
tarix13.02.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#52525
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

3.5. Kifoz haqida tushuncha

Kifoz – umurtqa pog‘onasining frontal, ya’ni old yoki orqa 

tomonga qiyshayishi hisoblanadi. Uning kelib chiqish sabablari 

skolioznikiga o‘xshash bo‘lib, yumshoq o‘rinda yotish, 2 oylikdan 

2 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarni bir xil vaziyatda yotqizish, 3 

yoshgacha bo‘lgan davrda raxit kasalligini boshdan kechirishi (raxit 

kasalligi ham bolalar suyaklarining yumshab ketishi va umurtqa 

pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi) va hokazolarni sabab qilib 

ko‘rsatish mumkin.

Umurtqa pog‘onasi qiyshayishini davolashda (ikkala holda 

ham) davolash badantarbiyasi va massaj yetakchi o‘rinni egallaydi. 

Davolash badantarbiyasi uchun eng yaxshi natijalarga suvda suzish 

bilan muntazam shug‘ullanish orqali erishish mumkin. Bunda barcha 

orqa muskullar, ko‘krak va yelka sohasi muskullari shiddat bilan 

ishlay boshlaydi va mustahkamlanadi. Mushaklar yaxshi rivojlanib, 

qiyshaygan pog‘onani kerakli fiziologik holatga keltiriladi. Lekin 

buning uchun bola suzish bilan 1 yildan 7 yilgacha shug‘illanishi 



16

kerak. Bundan tashqari, skolioz va kifoz kasalliklarida koptok bilan 

maxsus mashqlar, osma narvonlarda oyoq ko‘tarib tushiruvchi 

mashqlar, yuztuban yotgan holda qo‘l va oyoq uchida turib yotib-

turish, volleybol ham qo‘llaniladi. Shuningdek, umurtqa pog‘onasi 

qiyshayishi davosida davolash badantarbiyasi bilan birga fizioterapiya 

muolajalari kompleksi, shuningdek, massaj, elektroforez, xvoyali va 

tuzli eritma vannalar qo‘llaniladi.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin