F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan


I bob. REABILITATSIYA, MASSAJ VA MEHNAT BILAN



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/109
tarix13.02.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#52525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

I bob. REABILITATSIYA, MASSAJ VA MEHNAT BILAN 

DAVOLASH FANI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI

1.1. Reabilitatsiya tushunchasi

Reabilitatsiya so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib «O‘zini qayta 

tiklash» ma’nosini bildiradi. Bu atama qadimgi shifokor va tabiblar 

tomonidan kiritilgan bo‘lib, tabib nafaqat insonga xastalik yoki 

jarohatda yordam ko‘rsatishi, davolashi, balki uning organizmi 

funksional faoliyatini xastalik va jarohatdan so‘ng tiklanishiga 

ham yordam berishi zarurligini anglatadi. Masalan: bir inson o‘pka 

kasalligiga – pnevmoniyaga chalin di, deylik. Bu kasallik asosida 

o‘pka stromasi (tuzilishi) birligi buziladi, alveolalar zarar ko‘radi, 

ya’ni yallig‘lanadi. Alveolada gaz almashinuvi jarayoni bo‘lib o‘tadi. 

Yallig‘langan alveola yiring bilan to‘lib qolib, kislorodning alveola 

kapillyarlariga o‘tishi qiyinlashadi yoki mutlaqo buziladi. Natijada 

organizm to‘qimalari va MAT (markaziy asab tizimi) kislorod 

bilan keraklicha ta’minlanmaydi. Bu esa miya faoliyatini, yurak-

qon tomir tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Pnevmoniya 

xastaligi antibiotiklar, balg‘am suyultiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, 

yallig‘lanishga qarshi vositalar va vitaminlar yordamida davolanadi. 

O‘pka a’zosining funksional tiklanishi uchun ikki haftadan ikki 

yilgacha reabilitatsiya muolajalari davom etadi (kasallik turi, og‘irlik 

darajasiga bog‘liq). Bu vaqt mobaynida maxsus fizioterapevtik 

muolajalar – elektroforez, massaj, davolash badantarbiyasi mashqlari 

va nafas olishning maxsus mashqlari qo‘llanilishi kerak bo‘ladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin