F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan


Mehnat tushunchasi va mehnat bilan davolash



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/109
tarix13.02.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#52525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

1.3. Mehnat tushunchasi va mehnat bilan davolash

Mehnat – inson oldiga qo‘ygan biror vazifani bajarishda 

qo‘llaydigan jismoniy harakati: yer chopish, gullar ekish, rasm 

chizish, gilam to‘qish, duradgorlik anjomlarini, sopol buyumlarni 

yasash va h.k. Bu oddiy harakatlardan iborat bo‘lib,uning jismoniy 

tarbiya mashqlaridan farqi shuki, bunda inson mehnati bilan nafaqat 

harakatlanadi, balki to‘liq faoliyat yuritadi.

Mehnat bilan davolash metodikasi XIX asr oxiri – XX asr 

boshida Yevropa ruhshunoslari va ruhshunos-shifokorlari tomonidan 

kiritilgan. U yerda «ko‘ngli xasta bemorlar» uchun maxsus klini-

kalarda bemorlarga gul va ko‘chatlar ekish, ularni parvarishlab 

o‘stirish, hovli supurish, og‘ir yotgan bemorlar uchun ovqat kel-

tirish, kitob va gazeta tarqatish, klinika parrandalariga don be rish, 

itlarni ovqatlantirish va boshqa shunday oddiy vazifalar yuklatiladi. 

Bu usul bemor ruhiyatiga, umumiy ahvoliga, o‘z-o‘zini baholashga 

va o‘zining kerakligini his etishiga kuchli ta’sir etadi. Mehnat bilan 

davolash usullari nafaqat ruhiy kasalliklarda, balki boshqa somatik 

(tana) kasalliklar davosida ham qo‘llani lishi mumkin.

Hozirgi kunda tabobat sohasidagi barcha oliygoh va kollejlar 

oldida turgan maqsad – zamonaviy texnologiyalarni, tabobat 

yangiliklarini o‘rgangan holda, chuqur bilim berish, bo‘lg‘usi 

shifokor va hamshiralarga, ayniqsa, tibbiy-ijtimoiy xodimlarga 

g‘amxo‘rlik, insonparvarlik, hamdardlik, mas’uliyat va fidoyilik 

hislarini singdirishdir.




6

Bemor insonning davolanishi, kasallikdan so‘ng o‘zini ham 

jismoniy, ham ruhiy tiklay olishi, ko‘proq, tibbiy-ijtimoiy xodim ning 

ko‘rsatgan g‘amxo‘rligiga, diqqat-e’tiboriga, xushmuoma laligiga va 

jonkuyarligiga bog‘liq bo‘ladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin