F sh. Bahadirova reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/109
tarix13.02.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#52525
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
reabilitatsiya massaj va mehnat bilan davolash

Suyaklar haqida ma’lumot. Organizm harakatini ta’minlaydi-

gan harakat a’zolari muskullari, skelet va ularni biriktirib turgan 

boylamlardan iborat.

Skelet organizmda tayanch ahamiyatiga ega bo‘lgan zich to‘-

qimalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan tizim. Uning asosiy vazifalari 

quyidagilar:

1. Tayanch vazifasi.

2. Suyanchiq vazifasi.

3. Harakat.

4. Organizmni himoya qilish vazifasi (skelet ichida joylashgan 

ichki a’zolar, miya va orqa miya).

Odam skeleti ikki yuzdan ortiq suyaklardan iborat, suyaklar qattiq 

va elastik bo‘lib, asosan ikki xil modda: uchdan bir qismi organik 

moddalar (ostein), uchdan ikki qismi esa anorganik modda (kalsiy, 

fosfor, kislotali ohak)dan tashkil topgan.



8

Suyaklar tarkibidagi organik va anorganik moddalar nisbati kerakli 

mustahkamlini namoyon qiladi va bu holat yoshga qarab o‘zgarib boradi. 

Yosh organizm, suyaklari tarkibida ostein ko‘pligi tufayli bukiluvchan 

bo‘lib, mo‘rt bo‘lmaydi. Yosh ulg‘a yib borgan sayin suyaklar tarkibida 

mineral tuzlar miqdori ko‘pa yadi, oqibatda odam keksaygan sari suyaklar 

elastiklik xususiyati ni yo‘qotib, asta-sekin mo‘rtlshadi. Tez va oson 

sinuvchan bo‘ lib qoladi. Organizm suyaklarining asosiy qismi juft 

suyaklar dir.

Odam skeleti quyidagi bo‘laklarga ajratilgan bo‘limlardan iborat:

1. Tana suyaklari – umurtqa pog‘onasi, 12 juft qovurg‘a lar, to‘sh 

suyagi.


2. Kalla suyagi – miya va yuz qismlari.

3. Yelka kamari – kurak, o‘mrov suyaklari.

4. Qo‘l suyaklari – yelka, bilak va panja suyaklari.

5. Chanoq suyaklari – yonbosh, qovuq va quymich suyaklari .

6. Son, boldir va oyoq panjasi suyaklari.

Umurtqa pog‘onasi ustun vazifasini bajarib, quyidagi bo‘lim lardan 

iborat:

Bo‘yin bo‘limi – 7 ta umurtqa.

Ko‘krak bo‘limi – 12 ta umurtqa.

Bel sohasi – 5 ta umurtqa.

Dumg‘aza sohasi – 5 ta umurtqa.

Dum bo‘limi – 4–5 rudimentar (o‘zgargan) umurtqacha.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin