Magistrlik dissertatsiyasining vazifalari: Biologik materialdan ajratish va Laktobakteriyalarni madaniy, morfologik va biokimyoviy xususiyatlari, shuningdek 16S rRNK bilan genotiplash orqali aniqlash; Laktobakteriyalarning antioksidant xususiyatlarini o’rganish (umumiy antioksidant faolligi, antioksidant qobiliyati); Inulin va laktolozaning Laktobakteriyalar antioksidant faolligiga ta’sirini aniqlash.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi (olinadigan natijalar):Tadqiqod ishlari natijasida Lactobacillus mahalliy shtammlarining antioksidant faolligi o’rganiladi va antioksidantlik ko’rsatgichlari yuqori bo’lgan shtammlarning kolleksiyasi yaratiladi. Yuqori antioksidant ko’rsatgichli shtammlarni probiotik mahsulotlar ishlab chiqarishga tadbiq qilishning ilmiy asosi ishlab chiqiladi.