Qo’ziyev Boburbek O’mirbekovichning “Lactobacillus mahalliy shtammlarida antioksidant faolligini o’rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishining
ANNOTATSIYASI Tadqiqod ishining dolzarbligi: Hozir kunda ma’lumki ovqatlanish va sog’liq o’rtasida yaqin bog’liqlik mavjud. Shuning uchun probiotik mikroorganizmlar 100 yildan ortiq vaqt davomida turli xil inson kasalliklarini oldini olish va davolash uchun ishlatilgan. So’nggi paytlarda probiyotiklar bo’yicha tadqiqotlar ko’paymoqda, bu esa ushbu mikroorganizmlar haqidagi tushunchamizda sezilarli yutuqlarga olib keldi. Probiyotiklarning ahamiyati har ikki yo’nalishda ham, ya’ni sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda va inson sog’lig’iga foydali ta’sirida mantiqiy ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, probiotik mikroorganizmlar funktsional oziq-ovqat mahsulotlari orasida yetakchi bo’lgan yogurtlarga va boshqa fermentlangan sut mahsulotlariga keng qo’shiladi, bu oziq-ovqat bozorining taxminan 65% ni o’z ichiga oladi.