Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qo'yiladigan mezonlar: Moliyalash shartlari va protseduralari: Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda boshqa kompaniyalar yoki tashkilotlar bilan moliyalash shartlari va protseduralari qaror qilinadi. Bu shartlar va protseduralar moliyalashning qo'llanishini va uning moliyaviy yechimlarini o'z ichiga oladi.
Xalqaro va mamlakatlararo huquq: Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda xalqaro va mamlakatlararo huquq tartibi, investitsiya mablag'larini kirib olish va chiqarish shartlari qaror qilinadi. Bu qoidalar moliyalashni transdarsiyaviy qilishni ta'minlaydi.
Moliyalash tashkilotlarining taqdim etilishi: Moliyalash tashkilotlari o'z maqbuliyatlarini va tashkilotlari haqida ma'lumotlarni taqdim etish uchun to'g'ri platformalar va texnologiyalarni ishlatishlari talab qilinadi.
Moliyalash natijalarining hisobotlashi: Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish natijalarini hisobotlash va investitsiya mablag'larini qo'llashni natijalarni o'zgartirishni boshqarishni o'z ichiga oladi.
Xalqaro moliya institutlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qo'yiladigan talablar va mezonlar, moliyalashning barqaror va ishonchli jarayon bo'lishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu, investitsiyalarni samarali boshqarish va sodda moliyalashtirishni ta'minlaydi va moliyalash sohasidagi muvaffaqiyatni ta'minlaydi..
Investitsiya dasturlarini shakllantirish, ularni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga keskin va ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan loyihalar bilan to‘ldirishni ta’minlash, loyihalarni amalga oshirishda hamda ular ishga tushirilgandan so‘ng investitsiyadan keyingi monitoring tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda uch yillik davrga shakllantirilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya dasturini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, Investitsiya dasturining amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
investitsiya loyihalari ro‘yxatini xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan shakllantirish;
Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish va tasdiqlash;
Investitsiya dasturining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish, investitsiya dasturining axborot ta’minoti, investitsiyadan keyingi monitoringini amalga oshirish tartibi.
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 1-yanvardan boshlab Investitsiya dasturini “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali monitoring qilish tartibiga to‘liq o‘tsin.
Bunda axborot tizimida investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan so‘ng monitoring qilishni nazarda tutuvchi funksional imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilsin.
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Statistika agentligi va Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanishga erishish maqsadida har chorakda investitsiya dasturlari doirasida yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va eksport hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishliligi bo‘yicha o‘z tizimlarini uch oy muddatda “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni integratsiya qilishni ta’minlasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 2023-yildan boshlab kelgusi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorga ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablaridan kelib chiqib, tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri zimmasiga yuklansin.