1.2. Geologik resurslar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan baholanishi bo’yicha tabiiy bitumlarning dunyo bo’yicha geologik resurslari taxminan 260 mlrd tonnani tashkil qiladi, ularning olinadigan resurslari 70 mlrd tonna bo’lib, shuning 70 % atrofidagi resurslari Kanada hududida to’g’ri keladi. O’zbekiston hududida og’ir neft =0,98 hosil bo’lish sharoiti bo’yicha uch turga bo’lish mumkin:
1) gipergen-suv-neft almashinishi jadal kechadigan zonada o’zgarishi bo’yicha
2) paleogipergen-o’zgarishsiz;
3) katta chuqurlikda to’plangan og’ir neftlar.
Yiliga 100 mln.t dan ortiq neft qazib chiqaradigan yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlar Saudiya Arabistoni, Rossiya, AQSh, Iron, Meksika, Venesuela, Xitoy, Kanada, Norvegiya, Buyuk Britaniya va boshqalar hisoblanadi. Nisbatan yirik neft iste’molchilari AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniya hisoblanadi. Jahonning zamonaviy nefgaz qazib chiqarish sanoati shelfda UV qazib chiqarishni oshirishga intilmoqda. Xorij davlatlarda neft qazib chiqarish 35% (1095 mln.t.), gaz esa – 31,6% (750 mlrd. m 3 ) ni tashkil etadi. Olingan uglevodorodlar o’rnini qoplashga qaratilgan geologik qidiruv ishlari zamonaviy bosqichda quyidagi muammolarga duch kelmoqda:
- neft qazib chiqariladigan havzalarda yangi konlarni ochilishining kamayishi; - katta chuqurlikdagi gaz konlarining ulushini ortishi;
- akvatoriyalarda va dengizning katta chuqurliklarida ochilgan konlarning ulushini ortishi;
- neft va gazga istiqbolli havzalarning sonini kamayishi;
- ochilgan konlarni qayta baholash hisobiga zaxiralarning o’sishi. Shu bilan bir qatorda ekspertlarning fikriga ko’ra ochilmagan neft va ayniqsa gaz resurslarining hajmi yangi ochilgan konlarning hisobiga olingan uglevodorodlar o’rnini bir necha o’n yillarga qoplaydi.
O’zbekistonning neft va gaz sanoati Respublikamizda neft qidiruv ishlari Farg’ona vodiysining Qamish-Boshi hududida yer yuzasiga neft chiqib turgan yerdan sharqda 1883-1884 yillar boshlangan. Bu yerda qo’l kuchi bilan chuqurligi 19 dan 36 metrgacha bo’lgan to’rtta quduq burg’ilangan. Quduqlar 2-2,5 metrgacha yog’och quvirlar bilan mustahkamlangan, pastki qismi mustahkamlanmasdan burg’ilangan. Hisobot ma’lumotlariga ko’ra bu quduqlar kuniga 10 tonna debit bilan neft bergan, lekin boshqa manbalarga ko’ra bu yerda neft bo’lmagan. 1885-yilda Shorsu rayonida D.P.Petrov tomonidan 35-40 metr chuqurlikka ikkita quduq burg’ilangan, ulardan tortib olish yo’li bilan kuniga 0,4 tonnadan ziyod neft olingan. Olingan neft shu yerning o’zida qayta ishlanib kerosin olingan. Shunday qilib, 1885-yil O’zbekistonda birinchi neft qazib olish tashkil etilgan kun hisoblanadi. 1898-yilda Samarqand-Andijon temir yo’l qurilishi muhandislari Chimyon rayonida neft izlashga kirishishgan. Qo’l kuchi bilan burg’ilangan bir nechta quduqlar yuqori gorizontlardan kam miqdordagi neft oqimini bergan. Shu tufayli 1901-yilda chuqur gorizonlarni ochish maqsadida mexanizatsiyalashgan burg’ilash boshlangan. 1904-yilning sentyabrida birinchi qidiruv qudug’i (chuqurligi 278 m) 130 t/kun debit bilan neft favvorasi bergan. Shu yilning o’zida Chimyon maydonida O’zbekiston neft va gaz sanoatining rivojlanishiga boshlang’ich qadam qo’ygan birinchi neft koni tashkil etilgan. Shunga asosan, 1904-yil O’zbekistonda neft sanoatiga asos solingan kun hisoblanadi.
Birinchi guruhdagi og’ir neftlarga, Farg’ona havzasining adir zonalarida (Shorsu, Shim. Rishton, Sel-Roxo va b.) yer yuzasiga tabiiy chiqib qolgan va yuqori gorizontlardagi neftlar kiradi. Tektonik jadal zonalarda mineralizatsiyasi kam bo’lgan harakatchan suvlarning uzoq vaqt ta’siri natijasida aerobli-mikroflorlar va boshqa atmosfera agentlari benzinli yengil fraksiyasini yo’qolishiga, qisman parafinsizlanishiga va boshqa qayta tiklanmaydigan elementlarning yo’qolishiga olib kelgan. Bunday neftlar (naftidlar) – malta, asfaltlar, asfaltitlar, keritlar neft qatoridagi bitumlarni hosil bo’lishi jarayonida oraliq neftlar deyiladi. Ikkinchi guruhdagi og’ir neftlar, Afg’ona-Tojik botiqligida tarqalgan bo’lib, paleogen yotqiziqlarida yuqori oltingurgutli ( 5% gacha) kam benzinli neft, aromatik uglevodorodlar (NK – 300 0С fraksiyada o’rtacha 28 %), tarkibida 25 % gacha azot, 15 % gacha uglerod ikki oksid bo’lgan gazlar bilan boyigan. Bunday neftlar, karbonat-sulfat yotqiziqlarida yotadi va ular neogen-to’rtlamchi davrda sodir bo’lgan neotektonik harakatlar ta’sirida hosil bo’lgan.
Uchinchi guruhdagi og’ir neftlar O’zbekistonning turli rayonlarida katta chuqurlikdagi (2800 m) gorizontlar yoki qatlamlarda aniqlangan. Bu neftlar asfaltenli, smolali moddalar miqdori bilan farq qiladi va qisman n-alkanlar С15 – С36 gazkondensat konlarini (G’arbiy O’zbekistonda O’rtabuloq, Turkmanistonda Kamishladja va b.) ajratib turadi. Yuqori qatlam bosimi, bu neftlarni ahamiyatli qismini benzin-kerosin fraksiyasidan tashqari, gazli eritmaga moyli fraksiyalarni retrogradli o’tishiga imkoniyat yaratgan. Bu bilan bog’liq bu turdagi neftlarni chuqur- qoldiq neftlarga kiritish mumkin.
Tektonik faol zonalarda yer yuzasiga neftni chiqishi, neftli qatlamlar denudatsiyasi va atmosfera faktorlarining kompleks ta‟siri natijasida neftli qatordagi turli tabiiy bitumlar hosil bo’lgan. O’zbekistonda bunday bitumlar Farg’ona tog’ tizmalariga tutash zonalarda, Surxondaryo botiqligida va Zirabuloq-Ziaetdin tog’lari atrofida tarqalgan [3].
Yuqori qovushqoqli og’ir neftlar va tabiiy bitumlar zaxiralari turli baholashlar bo’yicha 790 mlrd. tonnadan 1 trln. tonnagacha tashkil qilib, taxminan 162 mlrd. tonnani tashkil qiluvchi kichik va o’rta qovushqoqli qoldiq olinadigan neft zaxiralaridan 5-6 marta ko’p.
Og’ir neft va tabiiy bitumlarni razvedka bo’lgan zaxiralari kam bo’lib, hozirgi vaqtda, yengil va o’rta neft zaxiralari nisbatan ko’proq ma’um [3].
Venesueladagi Orinoko (Orinoco Belt) rayonida joylashgan og’ir neft koni va G’arbiy Kanada havzasining sharqiy adirida joylashgan bitumli qumlardagi bitum konlari dunyodagi ikkita eng yirik konlari hisoblanadi. Neftning umumiy boshlang’ich zaxirasi 3600 mlrd. barellni tashkil qiladi. Texnologiyani rivojlanishi bilan bog’liq olinadigan zaxira 900-1200 mlrd. barellni tashkil qilishi mumkin.
Og’ir neftlarni qazib chiqarish AQSH, Venesuela, Meksikada o’tgan asrning birinchi o’n yilligida boshlangan bo’lib, 1940-yillarda jadal rivojlangan [3].
N eft dunyoda eng muhim energiya manbai hisoblanadi va jahon energiya iste’molida uning ulushi 33,1 %ni tashkil qiladi. U yuqori energiya sigMmdorligi va tashish uchun qulayligi, amalda hech qanaqa almashtirib bo‘lmaydigan energiya resursidir. Neft sanoatning va transport tizimining rivojlanishida hamda davlatlarning o ‘mini belgilashda asosiy ko‘rsatgich hisoblanadi.
2013-yil 1-yanvar holatiga qaraydigan bo‘lsak, isbotlangan neft /axiralarining 80% dunyodagi 8 ta davlatning ulushiga to‘g ‘ri keladi. Ulardan 6 tasi «ОРЕК» tarkibiga kiradi, Kanada va Rossiya davlatlari .i'/o liisoblanmaydi. Jahonda isbotlangan zaxira bo‘yicha Venesuela ilavlali yoMboshchi hisoblanadi, 48,4 % isbotlangan neft zaxirasi Yaqin Sliarq davlatlariga to‘g‘ri keladi