Jahonning asosiy neft qazib chiqaradigan mamlakatlarida quduqlardan birinchi marta sanoat miqyosidagi neft oqimining olinishi
Neft asri o’tgan yuz yillikning boshida, sanoatda ichki yonish dvigatellaridan keng foydalanish boshlangandan keyin kirib keldi. Bu davrdan boshlab neft qazib chiqarish jadal suratlar bilan har 10 yilda ikki baravarga o’sdi, 1980-yillar yakunida esa yiliga 3 mlrd.tonnaga yetdi. Keyingi yillarda jahonda neft qazib chiqarish 3,33 mlrd.tonna atrofidagi darajada turg’unlashdi. Dunyo bo’yicha neftning tasdiqlangan zaxiralari 2014- yildagi holatiga ko’ra 239,8 mlrd.tonnani tashkil etadi (Statistical Review of World Energy 2015). Zaxiralar bo’yicha birinchi o’rin – Venesuela 46,6 mlrd.t., keyingi o’rinlarda Saudiya Arabistoni 36,7 mlrd.t., va Kanada 29,7 mlrd.t. (2.1-rasm). Shuningdek jahondagi neft zaxiralari bo’yicha 10 ta yirik davlatlar jumlasiga Iron, Iroq, Quvayt, BAA, Rossiya, Liviya va Nigeriya kiradi. Rossiya bu ro’yxatda 14,1 mlrd.t. zaxirasi bilan 8 – o’rinda.
Neft zaxiralarini tarqalish diagrammasi
Hozirgi kunda sanoatning barcha tarmoqlarida texnik taraqqiyot neft va gazdan foydalanish bilan bog’liq. Sanoatning barcha turlari, transport va qishloq xo’jaligini rivojlanishi uchun neft zarur. Neftdan 2000 dan ortiq mahsulotlar olinadi, uglevodorodlar bilan birga bir qator foydali qazilmalar ham olinadi: gazdan – geliy, argon, oltingugurt, azot, neftdan – og’ir metallar, yo’ldosh yer osti suvlaridan – yod, brom, yengil metallar. Neft va gaz konlari barcha kontinentlarda aniqlangan (Arktikadan tashqari), tog’li viloyatlarda dengiz sathidan 900 m balandlikda (Kavkaz), 1160 m sathda Tyan-Shan tog’larida va 3900 m balandlikda Peruda hamda akvatoriyalarda okeanning 2500 m gacha chuqurligida (Braziliya). Neft va gaz konlarini joylashishining xarakterli xususiyati zaxiralarning geografik va stratigrafik bir tekis joylashmaganligi hisoblanadi (2.3-rasm). Jahonda aniqlangan neft zaxiralarining 65% dan ortig’i Yaqin va O’rta Sharq davlatlariga to’g’ri keladi. Masalan, 2015-yil ma’lumotlariga ko’ra neft zaxiralari Saudiya
Arabistonida – 36,7 mlrd.t., Ironda – 21,7 mlrd.t., Iroqda – 20,2 mlrd.t, Quvaytda – 14,0 mlrd.t., BAAda – 13,0 mlrd. tonnani tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |