1.3. Yuqori qovushqoqli va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish texnologiyalari Og’ir neft va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarishning turli usullari mavjud bo’lib, texnologik va iqtisodiy tavsifi bilan farqlanadi. Qazib chiqarishning u yoki bu texnologiyalarini qo’llash qatlamning geologik tuzilishi va yotish sharoiti, qatlam flyudlarining fizik-kimyoviy xususiyati, uglevodorod xomashyosining holati va zaxirasi, iqlimiy geografik sharoiti va bilan asoslanadi. Ularni shartli ravishda qo’llash bo’yicha turlicha bo’lgan guruhlarga bo’lish mumkin:
1 – qazib chiqarishning karyerli va shaxtali usuli;
2 – qazib olishning “sovuq” usuli;
3 – qazib olishning issiqlik metodlari.
Yuqorida keltirilgan qazib olish m a’lumotlarining tarkibiga xom neft, shundan slanetsli neft, og‘ir neftning neftli qumlari va gaz kondensat kiritilgan. Neftni qazib olish bo‘yicha Saudiya Arabistoni va Rossiya davlati o ‘zining bozordagi 12% lik o ‘rnini 20 yil davomida saqlab kelmoqda. Neftning bahosi 2008-yilda tarixda eng maksimum qiymatga ko‘tarilgan va jahon moliyaviy krizisining kirib kelishi Rossiya iqtisodiga ta’sir etmasdan qolmagan. O‘zbekiston Respublikasida bu moliyaviy krizis muvaffaqiyatli ishlab chiqarish ko'rsatgichlari bilan chetlab o ‘tildi. Likvidlikni tiklanishi bilan jahon moliyaviy bozorida neftning bahosini tushishi kuzatilgan va 2011-yilga kelib eng maksimal ko‘rsatgichga erishgan. B a’zi bir m a’lumotlarga ko‘ra dunyoda birinchi neft qudug‘i 1847- yilda Boku shahri yaqinidagi tumanda Kaspiy dengizi qirg‘og4da burg‘ilangan. Undan so‘ng Boku shahri sobiq Rus davlatining tarkibiga kiritilgandan keyin juda ko‘p quduqlar burg‘ilanganligi uchun uni Qora shahar deb atashgan. Rossiyada neft sanoatining tug'ilishi 1864-yil hisoblanadi. Kuban viloyatida 1864-yilning kuzida neft quduqlarini qo‘lda burg‘ilashdan mexanik zarbali-shtangali burg‘ilashga o ‘tishda burg‘ilash dastgohini yuritmasi sifatida bug1 mashinalaridan foydalanilgan. Neft quduqlarini burg‘ilashda bunday usulga o ‘tilishi 3- fevral 1866-yilda o ‘zining yuqori samaradorligini ko‘rsatgan hamda Kudak konida birinchi marta qoMlanilgan.