4. Sifatning doimiy emasligi (xizmatlar sifati ko‘p hollarda manbaning holati, xizmat ko‘rsatuvchining malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi). Mehmondo‘stlik sohasidagi xizmatlar o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Bunday o‘zgaruvchanlikning bir necha sabablari mavjud. Birinchidan, bunday turdagi xizmatlar bir vaqtning o‘zida ko‘rsatiladi va qabul qilinadi, bu esa ularning sifatini nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi.
Ehtiyojning vaqtinchalik nobarqarorligi ehtiyoj yuqori bo‘lgan davrda xizmat sifatini saqlashni muammoli qilib qo‘yadi. Ko‘p narsalar xizmat ko‘rsatish vaqtida uni rad etish holatiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan bir kishi bugun sizga Yaxshi xizmat ko‘rsatishi mumkin, ammo ertasi kuni sifatsiz xizmat qilishi mumkin. Bunday sifatsiz xizmat ko‘rsatishni turli sabablari bo‘lishi mumkin: xizmat sifatidagi o‘sish va tebranishlar, mehmondo‘stlik industriyasi sha’niga mijozlar tomonidan aytiladigan e’tirozlar norozilikning bosh sababi bo‘lib hisoblanadi.Turistik xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Servis va iste’molchining o‘zaro bog‘liqligi
Sezilmaslik
Saqlanmaslik
Sifatning doimiy emasligi
2 -rasm. Turistik xizmatlar xususiyatlarining ‘To‘rtta S’bilan ifodalanishi Xizmat ko‘rsatish klasslari taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini belgilash uchun ishlatiladi. Turistik mahsulot turli-tuman xizmatlar yig‘indisidan iborat bo‘lganligi uchun ularni turistga sotishda darajasini belgilash bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi. Turlar va xizmatlarning darajasini belgilash bo‘yicha bizning mamlakatimiz bozorlarida ham xalqaro bozorda ham me’yoriy standartlar mavjud emas. Shuning uchun turoperator va turagentlar turni sotishda shartli ravishda tur bo‘yicha xizmatlarni lyuks, birinchi klass, turistik klass, ekonom (iqtisod) klass qilib belgilaydi.