Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №


Xizmatlar paketi (to‘plami)



Yüklə 131,02 Kb.
səhifə9/12
tarix29.03.2023
ölçüsü131,02 Kb.
#91061
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №-1

Xizmatlar paketi (to‘plami) Amaliyotda asosiy turistik mahsulot bu xizmat ko‘rsatish majmuasidir, ya’ni turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning standart to‘plami. Xizmatlar paketi (to‘plami)-turoperator tomonidan yaratilgan bo‘lib, ma’lum xizmatlar to‘plamidan: tashish, joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalar va h.k.dan iborat turistik mahsulotdir. Turdagi xizmatlar paketi turist tomonidan tanlangan turistik dam olish turi bo‘yicha ularning ehtiyojlari va sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Tur va uning paketini shakllantirishda turistlar bilan ishlashning ikki varianti mavjud:
a) buyurtmali turlar sotilishi;
b) inklyuziv turlar sotilishi.
Buyurtmali tur. Buyurtmali turlarni sotishda dasturni shakllantirish va xizmatlar tarkibini Yaxlitlash turist xohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish variantlari taklif etiladi:

  • joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi bo‘yicha turli xil mehmonxonalar;

  • ovqatlanish-turli variantlar (to‘liq yoki yarim pansion, yoki umuman ovqatlanishsiz) shved stoli yoki ‘alya kard’ va h.k.;

  • ekskursiyalar va ko‘ngilochar xizmatlar;

  • transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‘l tashuvlari, avtomobil ijarasi va h.k.;

  • sport va davolanish kurort xizmatlari;

  • viza xizmatlari, shuningdek, sug‘urta xizmatlari.

Yuqorida aytilganidek, bunday turlarni tuzishda turistning o‘zi bevosita ishtirok etishi ham mumkin.
Turist tomonidan tanlangan xizmatlar tur dasturda shakllantiriladi, narxi hisoblanadi, uni turist turpaketga ega bo‘lgach to‘laydi. Odatda bunday buyurtmalar agentliklarda shakllantiriladi va so‘ng joriy qilish uchun turoperatorga yo‘naltiriladi. Buyurtmalarni tez va sifatli ta’minlash uchun bugungi kunda xalqaro turizmda turagentliklar va operatorlik kompaniyalari tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmoqda. Xalqaro turizmda paketni Yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va turni sotishni operativ hal qilish uchun kompyuter va telefaks aloqasidan keng foydalaniladi.

Yüklə 131,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin