Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №



Yüklə 131,02 Kb.
səhifə11/12
tarix29.03.2023
ölçüsü131,02 Kb.
#91061
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №-1

Turto‘plam (turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi. Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar:

  • berilgan sayohatga talabning mavjudligi;

  • xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazaning mavjudligi;

  • aviakompaniyalar va boshqa transport kompaniyalari bilan munosabati;

  • jo‘natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar;

  • hamkor turistik tashkilotlar bilan munosabat;

  • belgilangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;

  • belgilangan mamlakatning siyosiy barqarorligi.

Shuni ta’kidlash lozimki, siyosiy barqarorlik omili turoperator tomonidan o‘zining strategiyasini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Turizmda Suriya, Levandagi voqealar, Misrdagi terroristik portlashlar bilan bog‘liq hodisalar talabning keskin pasayish hollariga olib keladi. Ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashgan turoperatorlar katta yo‘qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu hududlarda vaziyat barqaror bo‘lishi bilan turistlar oqimi yana kuchaya boshlaydi. Berlindagi xalqaro turizm birjasida qayd etilganidek, turist xavf-xatarni yengib o‘tishga moyil. Siyosiy barqarorlik qayta Yaxshilangan mamlakatlarda, shu bilan birga turpaketning narxlari arzonlashganda turistik oqim yana kuchaya boshlaydi.
Turpaket narxi. Turpaketning muvafaqqiyatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu – narxdir. Ommaviy bozor turoperatorlari asosan raqiblar narxiga asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab pasayganda (o‘lik mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor yetakchilari narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni kamaytirishadi va shu bilan raqiblarining narxlashtirishda omadga erishishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan narxlashtirish usullaridan biri bu harajatlarga asoslangan narxlardir, ya’ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va daromadning ma’lum foizi qo‘shiladi. Turpaket narxiga kiruvchi daromad foizi qo‘shimcha harajatlarni qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni hisoblash orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha bo‘ladi.
Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. ‘o‘lik mavsum’da narxlar pasayadi va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Turpaketlar narxi nafaqat turistik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga, balki boshqa turlar narxiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Yevropa tasniflash tizimi, Fransiya milliy tasniflash tizimi, Hind tasniflash tizimi, Germaniya tasniflash tizimlari.
Hozirda jahonda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:
Yevropa tasniflash tizimi yoki ‘yulduzlar’ tizimi. Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bo‘lgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
harflar tizimi (A, B, S, D). Gresiyada qo‘llanadi;
‘tojlar’ tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;
hind tizimi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: ‘bir yulduzli’, ‘ikki yulduzli’, ‘uch yulduzli’, ‘to‘rt yulduzli’, ‘besh yulduzli’ toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida belgilaydi. Misol. ‘1 yulduz’ toifasi: bu toifaga mansub mehmonxona Yaxshi hududda, mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan bo‘lishi kerak (maksimal baho 15 ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar ingliz tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. ‘2 yulduz’ toifasini olish uchun 150 ball, ‘3 yulduz’ uchun – 210 ball, ‘4 yulduz’ uchun – 250 ball, ‘5 yulduz’ uchun – 290 ball to‘plash kerak. Har bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni – shinamlik darajasi har xil tushuniladi, shuningdek davlatlarning madaniy-tarixiy va milliy an’analari bilan belgilangan bir qancha omillar jahonda mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga mone’lik qiladi. Butunjahon turizm tashkiloti (BTT), Yevropa hamjamiyati, Mehmonxona va restoran sanoati qo‘mitasi, Xalqaro mehmonxonalar uyushmasining bu yo‘nalishdagi faoliyati hozircha samara bermayapti. BTT faqat joylashtirish vositalarining standart tasnifini taklif etgan. Bu tasnifda mehmonxonalar va shunga o‘xshash korxonalar to‘rt katta guruhdan biriga kiritiladi.
Jahon amaliyotida bir mamlakat doirasida bir nechta tasniflash tizimlari amal qiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada ‘tojlar’ tizimi bilan bir qatorda, Britaniya turistik agentliklar uyushmasi – ‘British Travel Authority’ (BTA) tomonidan taklif qilingan tasniflash tizimi qo‘llaniladi. Buyuk Britaniyada amal qiluvchi ‘tojlar’ tizimini ‘yulduzlar’ tizimi bilan uyg‘unlashtirish uchun ‘tojlar’ning umumiy miqdoridan bitta ‘yulduz’ni ayirish kerak (masalan, to‘rt ‘tojli’ daraja uch ‘yulduzli’ darajaga teng). Yuqorida ko‘rib chiqilgan Britaniya agentliklari uyushmasi tomonidan taklif qilingan mehmonxonalarni tasniflash tizimi ham shunday muvofiqlikni nazarda tutadi:
-byudjet mehmonxonalari – 1 yulduz;
-turistik toifa mehmonxonalari – 2 yulduz;
-o‘rtacha toifa mehmonxonalar – 3 yulduz;
-birinchi toifa mehmonxonalari – 4 yulduz;
-oliy toifa mehmonxonalari – 5 yulduz.
Jahonda mehmonxonalarni Fransiya milliy tasniflash tizimida darajalash keng tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. Shulardan besh toifa mehmonxonalarga ma’lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1 yulduzli, 2 yulduzli, 3 yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir toifa – yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‘liq qamrab olish imkonini beradi. Minimal talab-mezonlarga javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga da’vogar bo‘la olmaydi. Bunday talab-mezonlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
A – xonalar miqdori;
B – umumiy binolar va xonalar;
C – mehmonxonaning jihozlanishi;
D – yashash joyining shinamligi;
E – xizmat ko‘rsatish;
F – nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga yaratilgan qulayliklar.
Germaniya tasniflash tizimiga ko‘ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida bu yerda har bir toifa ma’lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi:
-turistik toifa – 1 yulduz;
-standart toifa – 2 yulduz;
-komfortli toifa – 3 yulduz;
-birinchi toifa – 4 yulduz;
-lyuks – 5 yulduz.
Boshqa tasniflash tizimlari ham o‘zining ‘yulduzlar’ tizimiga muvofiqligini belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gresiyada A toifa mehmonxonalari to‘rt yulduzli darajaga, V toifa mehmonxonalari uch yulduzli darajaga, S toifa mehmonxonalari ikki yulduzli darajaga, D toifa mehmonxonalari bir yulduzli darajaga mos keladi. Italiyada birinchi toifa mehmonxonalar shartli ravishda to‘rt yulduzli darajaga, ikkinchi toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, uchinchi toifa mehmonxonalar ikki yulduzli darajaga mos keladi. Germaniya tasniflash tizimining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, unda pansionlar, karvonsaroylar, ‘garni’ otellar singari mehmonxona korxonalari uchun ham toifalar nazarda tutilgan. Bunday turdagi mehmonxona korxonalariga tegishli toifalarni belgilashda ‘restoran’, ‘ovqatlanish servisi’ kabi majburiy talablar nazarda tutilmaydi, qo‘shimcha talablarning zarur miqdori esa ancha kam:
-birinchi toifa uchun – 90;
-komfortli toifa uchun – 50;
-standart toifa uchun – 15.
Bundan tashqari, mazkur korxonalarga ko‘pi bilan birinchi toifa (4 yulduz) berilishi mumkin.


XULOSA
Turizm sohasi jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo’jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli. Ushbu tushuncha o’zining nazariy va amaliy talqiniga ega. Shu tufayli uni atroflicha izohlash uchun unga odamlarning harakati, iqtisodiy kategoriya, siyosiy vaziyat, faol dam olish kabi jihatlardan qarash va izohlanishni talab qiladi.
Men “Turistlarga xizmatlar ko’rsatish darajalari” mavzusini yoritish jarayonida turizmdagi xizmat ko’rsatish sohalariga alohida ahamiyat qaratdim. Chunki, xizmat ko’rsatishsiz turizm bo`lmaydi. Uni o`rganish muhim masala hisoblanadi. Har bir sayohat yoki tur zamirida unga sabab bo`luvchi asosiy maqsad yotadi, unga ko`ra bu sayohatdan turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi.
Keyingi “Xizmat ko‘rsatish klasslari ”mavzusida esa turizmda xizmat turlari va uning turli ko`rinishlari bayon qilinib, unda turizm shakllari, safar maqsadi, harakatlanish usuli, turistilarni joylashtiruv vositalari, ishtirokchilar soni bo’yicha va boshqa tasniflar haqida fikr yuritilgan. Hamda yurtimiz mutaxassislari tomonidan ushbu mavzu bo’yicha ilmiy qarashlari yoritib o’tilgan.
Sayohat qilishni tug’diruvchi motivlarni bilish, samarali turistik siyosat va turizm iqtisodiyotning o’sishiga yordam beradi. Men ” Majmuali xizmat ko‘rsatish, Buyurtmali tur, Inklyuziv tur” mavzusida sayohat qilish motivlari - turistik maqsadida ma’lum joylarga kelishga undaydigan va ularning xohishlarini qondiradigan psixologik va jismoniy talablar va boshqa o’ziga xos motivlar haqida chuqurroq to’xtalib o’tishga harakat qilganman.
Bilamizki Turizm kelajagi porloq va juda qiziqarli sohalardan biri bo’lib, unda doimiy ravishda o’zgarishlar va yangilanishlar bo’lib turadi. “Turizm sohasida joylashtirish xizmatlari” mavzusida bu sohadagi zamonaviy turizm turlari va ularda mehmonxona xizmatlari haqida chuqurroq ma’lumot berishga harakat qilganman.
O’zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Mamlakatimizdagi noyob tarixiy yodgorliklar, ziyoratgohlar, xushmanzara tabiat va fayzli go„shalar, xalqimizning betakror madaniyati, an’analari butun dunyodan sayyohlarni o„ziga rom etmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, turizmni taraqqiy ettirish, sayyohlar oqimini ko’paytirishda zamonaviy turizm turlarini yaratish, yuqori sifatdagi xizmatni taklif etish muhim omillardan biri hisoblanadi
O’zbekiston turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. O’ylaymanki, yaqin kelajakda Yurtimiz ham turizm olamida ulkan yutuqlarga erishib, rivojlangan davlatlar qatoridan shak – shubhasiz o’rin oladi.


Yüklə 131,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin