2. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Har qanday konsepsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima? Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga . Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz. Umumiy aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ob’ekt o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.
3. Qonun va uning tasnifi. Qonun faslafasi huquqning tabiatini, shuningdek, qonunning boshqa normativ tizimlar, ayniqsa etika va siyosiy falsafa bilan aloqasini o'rganuvchi falsafa sohasidir Unda ""QOnun nima?", "Qonuniy asoslilik mezonlari nimada?" va "QOnunning axloq bilan aloqasi qanday?" kabi savollarga javob topishga harakat qiladi. Qonun falsafasi va Yurisprudensiya atamalari ba'zan sinonim tarzda qo'llaniladi, biroq ba'zan yurisprudensiya atamasi iqtisodiyot va sotsiologiya sohalari uchun mos bo'lgan tafakkur tarzlarini ham qamrab oladi Qonun — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Qonunlari deb yuritiladi. Voqelik Qonunlarining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan Qonunlari voqelik Qonunlarining tafakkurda inʼikos etilishidir. Fan Qonunlari, oʻz navbatida, aks ettiruvchi obʼyektiga koʻra, tabiat Qonunlari, jamiyat Qonunlari, tafakkur Qonunlariga boʻlinadi. Tasodifiy yoki oʻtkinchi munosabatlar esa Qonunni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik Qonunning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Qonun tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi.