Falsafa 1- jn mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli 1- reja


Harakat - materiyaning yashash sharti



Yüklə 65,29 Kb.
səhifə9/10
tarix25.12.2023
ölçüsü65,29 Kb.
#194562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
faisafa 1 seminar refarat

4. Harakat - materiyaning yashash sharti.
Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. In’ikos nazariyasi va uning darajalari, shakllari. Moddiy ob’ekt tizim sifatida. Harakat - materiyaning yashash sharti. Abadiy harakat, o‘zgarish va harakatsizlikning o‘zaro nisbati. Harakatning tiplari va shakllari. Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari. Falsafa tarixida makon va vaqtga substansional va relyasion yondashuvlar. Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqtda tarix vaqti va davr ruhining mutanosibligi.Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‟i va ma‟naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‟i. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya‘ni abstrakt fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos ‗iramida hosil bo‘ladi. ya‘ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda.
5-MAVZU. O'ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH QONUN VA KATEGORIYALARI
REJA:
1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi

Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari.Asrlar mobaynida insoniyat ongida o‘zgarish, rivojlanish, taraqqiyot yoki turg‘unlik kabi jarayonlar tushuncha sifatida shakllanib kelgandir. Dastlab bu g‘oya bir hodisaning vujudga kelishi va boshqasiga aylanishi, shakllanishi haqidagi tasavvur ko‘rinishida uyg‘ongan. Insonlar ongida tarixiy jarayonda hosil bo‘lgan madaniy taraqqiyot, sivilizatsion o‘zgarishlar, jamiyat rivojlanish xususiyatlari, urush va tinchlik omillarining insonlar turmush tarziga ta’siridan olingan tasavvur va tajribalar bu tushunchalar haqidagi bilimlarni boyitdi. Masalan, qadimgi yunonlar dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma’lum muddat o‘tgach «o‘zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo‘lgan, bor, bo‘ladi va u mangu alangalanib va so‘nib turuvchi olovdan iboratdir»- deb xitob qilgan edi. Antik falsafaning aksariyat vakillari borliqning doimiy ravishda harakat, o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lish g‘oyasini

Yüklə 65,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin