4- MAVZU. ONTOLOGIYA – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
REJA:
1. Borliq tushunchasi va uning mohiyati Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchiFalsafiy tushuncha. U moddiy predmet olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy borliq, obyektiv ideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, Farobiy Ibn Sino Umar Xayyom Ibn Rushd kabi mutafakkirlar borliq ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliq ni bir-biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan tushuncha yotadi.
2. Falsafa tarixida borliq muammosi Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma'naviy substansiya, o‘lmas jon haqidagi g‘oyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‘z aksini topgan. So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi.
3. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i.
Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‟i va ma‟naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‟i. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya‘ni abstrakt fikrlash va o‘zini fikrlovchijonzotsifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos‗iramida hosil bo‘ladi. ya‘ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos
xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir.