etishda yordam berishi mumkin. Binobarin, me’morlar, amaliy
san’at namoyandalari, dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik
qulayliklarni nafaqat moddiy balki insonning ma’naviy ehtiyojla-
rini qondirish maqsadida yaratadi.
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, in-
teryerning tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish
joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal etishda zamo-
naviy ilm-fan bilan bogliq bolib yangi texnik va texnologik ish-
lanmalar, dizaynga tayanadi. Narsa va buyumlarni qulay, shinam
joylashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish kundalik hayotimiz
yuqori turmush madaniyatiga daxldor bolib bormoqda va ijti
moiy hayot markazida turibdi.
Mamlakatimizda yoshlarning mehnat va estetik tarbiyasiga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘cha, mahalla va turar joylarni
bezashda maktab, litsey va kollej talabalari qatnashmoqda. Shu
orqali yoshlarning voqelikka estetik munosabatini shakllan-
tirishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, «Barkamol avlod»
bolalar markazlarida olkashunoslik va ekologiya, dizaynerlik
to‘garaklarining mavjudligi bolalarda dizaynerlik qobiliyatining
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning
dizaynga oid bilim va ijodiy tafakkuri boyib bormoqda, dizayner
lik kasbining dastlabki ko£nikmalari shakllanmoqda.
Allomalarning insonda hamma narsa go‘zal bolishi kerak,
degan ta’rifi shu o‘rinda o‘z ma’nosini ko'rsatadi. Kiyim-ke-
chak, libos, narsa va buyumlar nafaqat moddiy, shu bilan birga,
badiiy-estetik ahamiyatga ham ega predmetlar majmuyi bolib,
insonning tashqi qiyofasi. didi, o‘ziga bahosi, ixtisosligi, ijtimoiy
mavqeini ham gavdalantiradi, bugina emas, tashkiliy va ruhiy
vaziyatni ham ifodalaydi. Va nihoyat, kiyim-kechak, libosning
yarashiqli, narsa, predmetlarning ko‘rkamligi kishilarda muay-
yan estetik mamnunlik va xushnudlik uyg‘otishini ta’kidlash
lozim.
Dostları ilə paylaş: