Estetik tarbiyada fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro aloqa-
si.
Shaxsning estetik kamolotini fan, ta’lim va madaniyatning,
xususan estetik madaniyatning uyg‘unligisiz tasawur etish qi-
yin. Chunki, estetik madaniyat - bu inson ehtiyojlarining mu-
rakkab tizimi bo‘lib,
unda odamzod hissiyotlari, malakalari,
ko‘nikmalari, bilimlari, me’yorlari, maslaklari bir-biri bilan
chambarchas bog‘lanib ketganligi.
Estetik madaniyat murakkab ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat
miqyosida tabiatni estetik o‘zlashtirish jarayonlari va natijalari,
mehnat
faoliyati, turmush, ijtimoiy munosabatlarning estetik ji-
hatlari, sinf va ijtimoiy qatlamlarning estetik qarashlari, did va
manfaatlarining muayyan holati, estetik tarbiya nazariyasi va
amaliyoti, kishilar ijtimoiy-estetik faolligining rang-barang namo
yon bo‘lishini anglatadi. Bunda estetik madaniyatning ko‘proq
insonning ehtiyojlariga bog‘liq ekanligi nazarda tutiladi.
U rang-
barang faoliyat hamda estetik munosabatlar tizimi sifatida badiiy
ijodning professional hamda havaskorlik turlari, moda, dizayn,
ommaviy axborot vositalari, estetik idrok madaniyatining shakl-
lanishi bilan bog‘liq jarayonlarni ham qamrab oladi.
Kasb estetikasi
estetik madaniyatning eng yuksak shakllaridan
biridir. Har bir kasb o‘ziga xos axloqiy me’yorlariga ega bo‘lgani
kabi, o‘z mehnat faoliyati taqozo etadigan estetik me’yorlarga
ham egadir. Kasb etikasi kabi kasb estetikasi xususida Kaykovus,
Alisher Navoiy, Umar Xayyom kabi mutafakkirlarimiz o‘z qarash-
larini bayon etishgan. Xususan, Kaykovus «Qobusnoma» asarida
bir qancha kasblar xususida fikr bildiradi. «Hofiz
va sozandalik
zikrida» bobida «Ey farzand, agar hofiz bo‘lsang, xushfe’l, quvnoq
bo‘l, hamisha pok, mutayyab va xushzabon bo‘lg‘il va o‘z ishing-
ga mashg‘ul bolgil, yaramas xulq qo‘pol bashara bo‘lmag‘il» deb
ta’kidlaydi.
Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi
doirasida kishilar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu mu-
nosabat, bir tomondan hamkasblar davrasida ro‘y bersa,
ikkin-
chi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi
odamlar bilan yuzaga keladi. Mana shu vaziyatda kasb esteti
kasi muhim rol o‘ynaydi. Kasb etikasi va kasb estetikasi o‘zaro
361
bogliqdir. Barcha kasb uchun umumezon boladigan axloqiy
me’yorlar rostgo'ylik, halollik, xushfe’llik xulq go‘zalligini tash
kil etadi. Xulq go‘zalligi esa kasb etikasigagina emas, balki kasb
estetikasining ham muhim tarkibiy qismi desak xato bo‘lmaydi.
Bu shifokor, o‘qituvchi, jurnalist kabi
barcha kasb egalari uchun
muhimdir.
Har bir kasb o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu kasb estetikasida
ham o‘z aksini topadi. 0 ‘qituvchi faoliyati, mehnat mahsuli mu-
handisnikidan farq qiladi. Uning mehnat mahsuli o‘quvchining
axloq odobi, bilim darajasi, estetik didi bilan belgilanadi. Mu-
handis estetik didi esa u yaratgan avtomobilning qulay,
chiroyli,
foydaliligi bilan belgilanadi. 0 ‘qituvchining yurish-turishi, este
tik fazilatlari uning o‘quvchilarida aks-sado bersa, muhandisning
mehnat mahsuli inson uchun qulaylik yaratadi, moddiy madani-
yatimizga hissa qo‘shadi. Albatta, bunda muhandis tabiiy fanlar
qatori estetika, ruhshunoslik kabi fanlarni ham egallagan va este
tik didga ega bolishi lozim.
Bugungi kunda jahon miqyosida
sodir bolayotgan global-
lashuv jarayoniga binoan, bir tomondan, fan, ta’lim va madaniyat
sohasida mushtarak tamoyillariga yo‘l ochilsa, ikkinchi tomon
dan, ayrim xalqlar milliy qadriyatlari, madaniyat turlari va este
tik tasavvurlariga salbiy ta’sir etadigan jihatlar ko‘zga tashlanishi
tabiiy bolib qoldi. Demak, ana shunday obyektiv va subyektiv
sabablar, sharoitlar natijasi bolgan globallashuv davrida ma’naviy
hayotda, madaniyat jabhalarida nihoyatda sezgirlik va ogohlik bi
lan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: