Falsafa asoslari


«Ommaviy madaniyat»ning yoshlar estetik didiga ta’siri



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   221
Falsafa asoslari

«Ommaviy madaniyat»ning yoshlar estetik didiga ta’siri. 
XXI
asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go'yo rivojlangan 
madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblari ostida namoyon 
bo‘lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakl- 
lantirishi mumkin bolgan illatlar bilan umuminsoniy qadri­
yatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. 
Shu munosabat bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev: «Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi 
asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat manbayi 
bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun 
yot bo‘lgan g‘oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirayotgan zararli 
axborotlar asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman»1, — 
deb ta’kidlaydi. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy estetik 
tarbiyaga zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdan chiqa- 
rishi bilan xatarli hisoblanadi. Estetik tarbiya aynan shunday ho- 
latga qarshi maqsad yo‘lida yosh avlodni milliylikka zid boMmagan 
estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb 
vazifa bo‘lib qolmoqda. «Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali
1 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
quramiz. - Т.: 0 ‘zbekiston, 2017. -469 b.
365


zamonda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va be- 
gona bolgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini 
egallashga qaratilgan g‘arazii intilishlar tobora kuchayib borayot- 
gani barchamizni yanada hushyor va ogoh bolishga da’vat eti- 
shi tabiiydir. Shu sababli yoshlar o‘rtasida soglom turmush tarzi 
tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, 
chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta’sirlardan, «ommaviy 
madaniyat» niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masa- 
lalari bir zum ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi darkor»1. 
«Ommaviy madaniyat» illat sifatida haqiqat, go‘zallik, ezgulik 
singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bi­
lan boglab, iste’mol va tovar sifatida xaridorgir bolishiga qaratil­
gan maqsadni targlb qiladi. Bu esa pirovardida «bozor adabiyoti», 
«bozor san’ati» degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning 
«gullab-yashnashi» uchun imkon yaratadi.
XX asrning 70-yillarida ko‘plab sotsiologlar, faylasuflar
san’atshunoslar «ommaviy madaniyat»ning ijtimoiy taraqqiyotga, 
ayniqsa umummadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqi- 
qotlami olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o‘zining 
«Gullayotgan Amerika» kitobida «Isyonkor yoshlar o‘zlarining 
shaxsiy «madaniyat»larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning 
asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh 
«isyonkorlar» madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bogliq fal­
safiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot 
madaniyatidan yuz o‘girgan holda o‘zlariga mos qadriyatlarni 
yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi «yangi 
odam» uchun mazkur qadriyatning asosi — bu o'zini mavjud 
tizimdan tashqarida his qilishga bolgan layoqatidir», - degan 
fikrni bayon etgan edi.
«Ommaviy madaniyat»ning asl maqsadi har kuyga so- 
lish mumkin bolgan olomonni shakllantirish bolgani bois, u 
ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‘quvchini mushohadaga 
undab, tasavvur olamining kengayishiga xizmat qiladigan asar-

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin