Falsafa asoslari


  Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   221
Falsafa asoslari


Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat
qilish — eng oliy saodatdir. — Т.: 0 ‘zbekiston, 2015. — B. 267—268.
366


larni yaqiniga yo‘latmaydi. Shuning uchun 
«ommaviy 
madaniyat» 
namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas. Demak, bugun 
estetikaning zamonaviy muammolari inson—tabiat, inson—inson, 
inson-texnika bilan bog‘liq bolib,
- ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari 
xilma-xilligini saqlab qolish va ko'paytirish;
— tabiat obyektlari bilan bog‘liq madaniy merosni asrab qolish 
va avlodlarga yetkazish;
— inson o‘zini «go‘zallashtirishi» orqali o‘zligini yo'qotishi va 
millat (qiyofasiga) genofondiga zarar yetkazishini anglashi;
- insonning texnikaga va atrof-muhitga munosabati, «omma­
viy madaniyat»ning har qanday ko‘rinishiga hamda «fetish esteti­
ka» va «bozor san’ati» kabi tahdidlar e’tibordan chetda qolmasligi 
lozim.
Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. 
Jismoniy tarbiya 
va sport insonga xushkayfiyat, estetik ruh, harakatchanlik, ep- 
chillik, chaqqonlik, jismoniy faollik baxsh etadi. Bu xususda 
B.Lou o‘zining «Sport go‘zalligi» degan kitobida F.Kinonning 
«Teatr, tomoshabinga suyanib rivojlanadigan san’at turi... Sport 
musobaqalarida tomoshabinlar o‘zlarini xuddi spektakl tomo- 
shasidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak 
chaladilar va yomon o‘yin ko‘rsatganga nisbatan salbiy munosa- 
batlarini yashirmaydilar. Sportda ham, teatrda ham biz «o‘yin» 
haqida gapiramiz»1 degan fikrini keltirar ekan sportning axlo- 
qiy-estetik tarbiyaviy ahamiyatga egaligini nazarda tutadi. Shu- 
ningdek B.Lou H.Slyusherning «Sport va ekzistensiya» kitobidagi 
«Sport — toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka 
erisha oladi. U sportchi uchun chuqur ma’noga boy holat... sport 
botiniy yaxlitlikni va yuksak darajadagi hissiy ko‘tarinkilikni 
talab qiladi» bu bilan H.Slyusher sportchi his etadigan estetik 
zavq haqida2 ta’kidlaydi, deb flkr bildiradi. Bundan ham ko'rinib 
turibdiki sport shaxsda jismoniy go'zallikni his qilish qobiliyatini 
tarbiyalashi uning kamolotida katta o£rin tutadi. Bu sohada amal-

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin