Falsafa asoslari


Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   221
Falsafa asoslari

Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari:
— kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat 
faol o‘zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va 
baholash qobiliyatini takomillashtirish;
— jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish 
va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish;
— tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan 
munosabatda bolishga va ularni ravnaq toptirish yolida astoydil 
faoliyat olib borish ko‘nikmalarini hosil qilish;
— o‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, 
milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish uchun za- 
min yaratish;
— ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish 
va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini 
targ‘ib qilishga undashdir.
356


Estetik tarbiya juda keng ko'lamga ega bo‘lib, insonni bir bu- 
tun shaxs sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun har qaysi davr, 
tuzum, jamiyat estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Biroq, bu jarayon 
pedagoglar zimmasiga juda katta vazifa yuklaydi. Ayniqsa, bu­
gungi kunda oliy ta’lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoq- 
da. Biroq, ko‘pgina muassasalarda bu fanga nihoyatda jo‘n va 
primitiv yondashuv mavjudligini alohida e’tirof etish zurur.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari. 
San’at — estetik tarbiya­
ning muhim vositasi. Ma’lumki, hissiyotlar, tuyg‘ular, kechin- 
malar insonning tirikligidan dalolat beradi. Chunonchi, ijobiy 
fazilatlar, badiiy-estetik ideallar inson hayotining mazmuniga 
ko‘rk bag‘ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, estetik tarbiyada hayot- 
ning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida 
maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo 
zid bolgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson bunday 
maqsadlarning ta’siridan zarar ko‘radi. San’at shu ma’noda zamo­
naviy insonni estetik jihatdan tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u in­
sonning estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltiradi, 
uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko‘mak beradi.
Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirish- 
ning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Bi- 
rinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qara- 
ganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko‘rsata 
olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan 
kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun 
bag‘ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro‘yobga 
chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi.
San’at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi 
uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Chu­
nonchi, inson tafakkurini go‘zallashtirish estetikaning tadqiqot 
obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dun- 
yoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. San’atning 
inson estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan 
izohlanadiki, san’at avvalo; voqelikni badiiy qiyofalar yordamida 
aks ettiradi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikning estetik mazmuni- 
ni namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko‘rk bag‘ishlaydi,
357


ularni qaytadan tashkil etadi va o‘zgartiradi. Ana shunga ko‘ra, 
insonning bilimlilik tomoni san’atning ko‘rinishlarini namoyon 
ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur holatlar natijasida es­
tetik tarbiyaviylik xususiyati o‘z ifodasini topadi.
Elektron axborot vositalar — estetik tarbiyaning zamonaviy 
vositasi. Hozirgi kunda estetik tarbiyaning shunday vositalari mav- 
judki, uning ma’naviy jarayonlarga ko‘rsatayotgan global ta’siriga 
befarq bo‘lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta’sirlardan biri
— bu elektron axborot vositalardir. Elektron axborot vositalari 
muhim estetik tarbiya vositasi sifatida qator xususiyatlarga ega. 
Bular:
— narxining arzonligi;
— asosiy mahsulot — bilim, axborot, moda va imidj;
— yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bolishni xohlaydigan 
odamlarga imtiyoz beradi;
— chinakam global xarakterga ega ekanligi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin