Falsafa asoslari


Maishiy turmush estetikasi



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   221
Falsafa asoslari

Maishiy turmush estetikasi. 
Turmush bu ijtimoiy hayot soha- 
siga oid tushuncha bolib, u inson, millat va xalqning yashash 
tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obyektiv reallik, moddiy, 
oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sogliqni saqlash, shuningdek
ma’naviy qadriyatlarga bolgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. U 
azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va asraydigan 
muhim makon bolib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va 
ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko‘rsatish 
bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir.
Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, 
kattalarga hurmat, o‘zini tutish me’yorlari kabi tabiiy, sodda 
ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida namoyon boladi. Tur- 
mushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq boladi, juda kam 
o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o‘zi bilan 
oilasiga olib o‘tadi va uning abadiyligini ta’minlaydi. Turmush 
estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tar­
biya bilan bevosita bogliq bolib, moddiy va badiiy madaniyatni 
integratsiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan biridir.
Turmush estetikasi insonni voqelikka estetik munosabatini 
namoyon etadigan sohalardan bolib, u bevosita tashqi ko‘rinishi, 
kiyinish va muomala madaniyati, narsa va buyumlarga, turar 
joylariga munosabatini aks ettiradi. 0 ‘z o‘rnida 
in s o n n i 
o‘rab 
turgan narsa va buyumlar olamining go‘zalligi inson hayotining 
uyg‘unligini ta’minlaydi va uni estetik tarbiyalaydi. Turar joyi, 
tashqi ko‘rinishi, kiyim ko‘rkamligi orqali inson yashayotgan, 
mansub bolgan jamiyat haqida estetik tasavvur olish mumkin. Va 
aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat 
pastligidan dalolat beradi.
Turmush estetikasining insonni o‘rab turgan narsa va buyum­
lar, turar joylariga munosabatini o‘z ichiga oladi. Insonning 
dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastawal turmushda shakl- 
lanib boradi. Bunda ma’lum bir xalqning tarixi, mentaliteti,
346


avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim o‘rin tuta- 
di. Kiyinishidan tortib, oilaviy an’analar, oilaviy makongacha 
bolgan hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik 
va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga 
o‘ziga xos munosabatlari namoyon boladi va bu pirovard natijada 
turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi is- 
lohotlar, bolalar uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va 
barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hu- 
nar o'rganish bilan bogliq to‘garaklar aholi turmush estetikasiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining turmush sha- 
roitini yaxshilash, hayotdan rozi bolib yashashiga erishish bu­
gungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Kolumbiya universiteti 
sotsiologlari tomondan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar o‘tkazilib, 
shu asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happi­
ness index») yangi reytingi e’lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati 
shundaki, ushbu ro‘yxatda 0 ‘zbekiston 158 mamlakat orasida 
44-pog‘onada, Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar orasida 
birinchi o‘rinda qayd etildi»1.
Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch nar- 
saga e’tibor berishni taqozo qiladi. Bular — inson hayot kechira- 
digan rang-barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan 
muloqotda o‘zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosa- 
batlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari. 
Bulardan birinchisi bevosita dizayn bilan bogliq.
Turmush estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan 
narsa va buyumlar yaratish '''a unga bolgan munosabatida aks 
etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog‘och, tosh va 
tabiatning boshqa predmetlaridan o‘ziga xos mo‘jizalar yaratgan- 
ligi ma’lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib 
turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin