Falsafa asoslari


 ‘zbekiston Respublikasining oila kodeksi. — Т.: Adolat, 1998. — 8 b



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   221
Falsafa asoslari

1 0 ‘zbekiston Respublikasining oila kodeksi. — Т.: Adolat, 1998. — 8 b.
293


shundaylari borki, ular oila-nikoh masalasidagi qonun hujjatlariga 
zid kelmaydi. Aksincha, ular asrlar davomida tarix sinovlaridan 
o‘tib, oilani mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
Oila, nikoh haqida, uning mustahkamligi to‘g‘risida diyori- 
mizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz Imom al-Buxo- 
riy, Imom al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Ali­
sher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar o‘z 
asarlarida qimmatli fikrlarini keltirib o‘tganlar. Xususan, fiqh 
(musulmon huquqshunosligi) ilmining sultoni Burhoniuddin 
Marg‘inoniyning oilani mustahkamligi va farovonligini oshirish- 
ga xizmat qiladigan, oila va nikoh masalasida chiqarilgan ayrim 
hukmlarini ta’kidlash lozim.
Burhoniddin al-Marg‘inoniyning shoh asari «Hidoya»da 
«Nikoh kitobi» va «Taloq kitobi» bevosita oila va nikoh masa- 
lalariga bag‘ishlangan. Marg'inoniy oilaning moddiy va m a’naviy 
jihatdan mustahkamlanishi uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan 
holatlarni nazarda tutgan holda m ahr berish borasida ayrim yen- 
gilliklarni o‘z hukmlariga kiritadi: Chunonchi, «nikohda garchi 
m ahr aytilmasa ham, nikoh durust bo^averadi»1, «... m ahr ayol 
kishining xolis haqqidir. U nikohning boshidayoq m ahrni bekor 
qilishi mumkin bo‘lgani kabi nikoh tugagandan keyin (ya’ni 
eri olgandan keyin) ham o‘z haqidan voz kechishi mumkin»2, 
«Nikoh faqat juftlanish uchun emas, balki undan ko‘zda tutilgan 
maqsadlarni ro‘yobga chiqishi uchun m ashru’ qilingandir»3, deb 
chiqargan hukmlari fikrimizning isbotidir.
Ushbu hukm haqiqatan ham jnsoniy mehr-m uruwat, 
bag‘rikenglik ruhida chiqarilganligi bilan katta ijtimoiy va 
ma’naviy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Bu hukmlarning 
m a’naviy tomoni shundaki, nikoh qandaydir moddiy manfaatlar 
evaziga emas, balki oila mustahkamligiga xizmat qilmog'i lozim. 
Zero, oiladagi go‘zal qadriyatlar, jum ladan sevgi-muhabbat, far-

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin