di va u ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan:
solih banda-
lar, «Qur’on»da aytilganidek, eng avvalo go‘zal axloq egalaridir.
Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan
chiqib, asta-sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy
me’yorga aylandi, teran m a’naviylik kasb etgani holda,
kundalik
hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo‘lib
qoldi. Masalan, hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimoti-
ning takomillashuvi, ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida
biz kasbiy halollik ilmiy halollik, iqtisodiy halollik va boshqalar
haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka
nisbatan kam uchramasligi doimo
axloqshunoslarni tashvishga
solib kelgan. Chunonchi, Imom G ‘azzoliyning harom yeyish
haqida to‘xtalib, m ana bunday deyishi bejiz emas: «Chunonchi,
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, hayo-
ni — dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki,
inson har vaqt shul
m a’naviy nurning ziyosiga muhtojdir, u iffatning pardasi, vijdon-
ning niqobi deb ataydi».
Kamtarlik
- shaxsning o‘ziga va atrofdagilarga samimiy mu
nosabatini ifoda etadigan axloqiy hodisa, inson axloqini bezay-
digan fazilatlardan biridir. Kamtarlik o‘zini o‘zgalardan
yuqori
qo‘ymaslik, o‘z kuch-qudratini namoyish qilib maqtanmaslik,
o‘zini boshqalardan ustun deb hisoblamaslik.
Kamtarlikning ziddi manmanlik, takabburlik eng tuban il-
latdir. Kamtarlik insonni yuksaklikka ko‘taradi, m anm anlik esa
tubanlashtiradi. M anmanlik, takabburlik jamiyatning olg'a in-
tilishiga to‘siq boladigan illatlardan biridir. M anman kishi o‘zi
haqida
juda yuqori fikrda boladi, atrofdagilarni mensimaydi,
o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan yuqori qo‘yadi va oqibatda
shuhratparastlik, xudbinlik to‘riga ilinadi, jamiyatda obro‘sini
yo‘qotadi.
Kamtar inson o‘zgalardan kamchilik axtarmaydi, o‘z kam-
chiliklarini ko‘ra biladi, uni bartaraf etishga harakat qiladi. Kam
tarlik bilan sabr-toqat yonma-yondir. Kamtar inson yaxshi-yo-
mon
kunga sabr-qanoat qiladi, o‘zligini yo'qotmaydi. Xalqimiz
orasida «Kamtar kam bolmas», «Kamtarga kamol, manmanga
289
zavol» kabi maqollar ushbu axloqiy fazilat insonni yuksaklikka
ko‘tarishi, xalq hurmatiga sazovor etishini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: