faati nuqtayi nazaridan, mehnatsevar insonning o‘z hayotida mu-
vaffaqiyatga
erishish garovi bolsa, axloqiy nuqtayi nazardan xalq
farovonligini ta’minlash uchun zarur faoliyatdir. Mehnatsevar-
likning yo‘qligi va dangasalik esa nuqson sifatida qaraladi. Shu
bilan birga, ishga haddan tashqari ruju qo‘yish ijtimoiy manfaatlar
nuqtayi nazaridan biroz qoralanadi ham.
Bunday mehnat, ya’ni
o‘zaro munosabatlar evaziga mehnatga ruju qo‘yish, shaxsning
o‘z egoistik maqsadi yo‘nalishidagi faolligi deb qaraladi. Shuning
uchun mehnatga baho berishda masalaning ma’naviy
jihati us-
tunlik qiladi.
Tinchlikparvarlik
— shaxs axloqi va ma’naviyatini belgilovchi
fazilatlardan biri bolib, u urushlarga yo‘1 qo'ymaslik, davlatlararo
nizo va mojarolarni siyosiy
vositalar bilan hal etish, mamlakat
ichidagi kelishmovchiliklarni tinch yollar bilan bartaraf qilish,
inson huquqi va qonun ustuvorligini ta’minlash tamoyillarini ifo-
dalovchi tushunchadir.
Tinchlikparvarlikning yana bir ko‘rinishi
bu totuvlik bolib,
1) tor ma’noda — odamlar, oila, mahalla yoki guruh a’zolari ora-
sidaga o‘zaro ma’naviy-murosaviy munosabat; 2) keng m a’noda
fuqarolarning ma’naviy-axloqiy mezonlari,
xatti-harakatlari,
hayotga munosabatlarida ko‘zga tashlanadigan ma’naviy hodisa.
Totuvlik jamiyatda turli xil ijtimoiy qatlam va guruhlarning turli
millat, irq va dinga mansub kishilarning o‘zaro munosabatlari
da, ularning muayyan davlat siyosatiga bolgan munosabatlarida
hamfikrlilik tamoyili asosidagi umumiylikni anglatuvchi tushun
cha hamdir.
Axloqiy me’yorlar ham inson hayotida
muhim ahamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: