Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   221
Falsafa asoslari

Hayotning ma’nosi. 
Inson nim a uchun yashaydi? Yashashdan 
maqsad nima? Inson hayotining m a’nosi nimada? H ar bir inson 
o‘z um ri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va 
hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u ax- 
loqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.
Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashash­
dan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari 
ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas,
281


Chunki hayotning m a’nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli 
tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, 
aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu 
bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, 
uning hayotini «ma’nosiz» deb bo‘lmaydi.
Ba’zan hayot «ma’nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishi- 
dagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yi- 
roq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi
— «hayot egasi»ning bunday tabiati jamiyat erishgan axloqiy da- 
raja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti m a’nosini qanday 
yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda deb 
tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning 
haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, mar- 
tabaga erishishni o‘z oldiga hayotiy maqsad qilib qo‘yadi, faqat 
«yulsam» deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin 
o‘zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan 
ishi bo‘lmaydi, faqat «o‘z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi. Yana 
bir toifa odamlar borki, ular hayotining m a’nosini eng yuksak 
qadriyatlar bilan boglaydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, 
go‘zallik oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozona- 
dilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha um r kechiradi- 
lar. Hayotining m a’nosini o‘zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi 
umr»da ko‘radilar.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy- 
m a’naviy guruhning biriga, ta’bir joiz bo‘lsa, shartli ravishda 
dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub.
Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. 
Bu guruh hayotning m a’nosini xudoni topishda, unga yetishish- 
da deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali 
emas, balki muhabbat vositasida ham xudoga murojaat qiladilar.
M a’lum bo‘lyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda har ikki 
ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin 
ular bir masalada yakdil: ular hayotning m a’nosi o‘z manfaat- 
larini o‘zgalar manfaati bilan bog‘lab, oliy qadriyatlar va yuksak 
aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga 
binoan um r kechiradilar.
282


Baxt. 
Hayotning m a’nosi ideal bilan bogliq bolgani kabi baxt 
atamasini ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olin- 
gan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti 
ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan um ri mo- 
baynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda 
qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina 
ro‘y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir um r davom 
etadi. Shu ma’noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt — 
har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir»,
— deganida ko‘p jihatdan haq edi.
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unut- 
maslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Laz- 
zat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon 
etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi 
ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy 
lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko'rasiz va laz- 
zatlanib yeya boshlaysiz, lekin biroz muddat o‘tgach, to‘yasiz, 
boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. 
Baxt esa m a’naviy ehtiyoj bilan bogliq, unda maqsadlarga birin- 
ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir 
um r to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli si­
fatida ko‘zga tashlansada, aslida undan farqli olaroq, shaxsning 
intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir inti- 
lishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurash- 
ni taqozo etadi.
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to‘g‘risida to‘xtalib 
o‘tish lozim. Omad ham lazzatga o‘xshash oniylik tabiatiga ega. 
Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo'q: 
odamga omad hayoti mobaynida kamdan-kam kulib boqadi. 
Omadning ana shu jihati haqida qrim -tatarlarning qadimgi 
asotiri bor. Unga ko‘ra, omad m a’buda ekan, kunlardan birida 
uning o‘g‘li yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi-yu, 
qaytib chiqmabdi. Shu-shu omad yerga tushib, hanuz bolasini 
qidirarmish. M a’budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi ustida bit- 
tagina ko‘zi bor ekan. Shu bois u to ‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib
283


olib, o‘g‘lim m ikan deb, balandga ko‘tarib, ko‘ziga olib borib qa- 
rarkan va o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falak- 
dan pastga qaratib itqitib yuborarkan. Omad o‘z qoliga tush- 
ganlarning hammasiga shunday munosabatda bo‘lar ekan.
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati 
juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir um r omadli odam 
yo‘q, omad — tasodif, baxt — zaruriyat; omad — istisnoli, baxt
— qonuniy hodisa. Omad - shaxsning bir zumlik holatini aks et- 
tiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir 
um r mobaynidagi amaliy javobdir:
Axloqiy tamoyillar ham inson va jamiyat hayotida muhim aha­
miyat kasb etadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan 
talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, 
uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi 
asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti- 
harakatining umumiy yo‘nalishini ko'rsatgan holda, ko‘pgina ax­
loqiy me’yorlar uchun asos b o lib xizmat qiladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin