Erkparvarlik.
Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi — erkin,
ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Erkpar
varlik, avvalo, o‘z millati, o‘z vatani erki uchun, qolaversa, boshqa
millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi
qilib qo‘ygan insonlar tamoyilidir.
Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko‘rinishini
inkor etishi barobarida inson huquqlarining tom m a’nodagi jang-
chisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning
so‘z erkinligi, o‘z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, vij
don erkinligi uchun kurashadi,
ikkinchi tomondan, butun-butun
millatlar erki masalasini o‘rtaga tashlar ekan, ma’lum ma’noda
milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi.
Dostları ilə paylaş: