Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   221
Falsafa asoslari

Fidoyilik 
— boshqalar manfaati yolida o‘z qonuniy manfaatla- 
rini, hatto hayotini qurbon qilishga tayyor turadi, jamiyat uchun 
umumiy bolgan oliy maqsad va ideallarni deb o‘zidan kecha- 
oladigan kishilar xatti-harakatlarini ifodalovchi ma’naviy tushun­
cha fidoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy davr va ijtimoiy 
jarayonlarda o‘ziga xos tarzda namoyon boladi: u ma’lum bir davr- 
larda ommaviylashishi yoki kamayishi mumkin. Vatanga, xalqiga 
bolgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg‘usi muayyan umumiy 
manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilar qalbidan chuqur 
o‘rin oladi hamda faoliyatiga ta’sir qilib, ularni mas’uliyatli vazi- 
falarni bajarishga safarbar etadi. Fidoyi o‘z taqdirini Vatan, millat 
taqdiri bilan boglagan barcha kishilarga xos fazilatdir.
286


Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma’nosida 
nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga 
yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Lekin bu tamoyil- 
ning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari o‘rta asrlar va un- 
dan keyingi davrlardagi m a’rifatparvarlar hayotida shakllanganini 
e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va 
intellektual — aqliy taraqqiyot bilan bogliq.
Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik 
m a’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer-dehqon ham, haydovchi 
ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofda- 
gilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam-da», 
degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bolishlari mumkin. Bunda 
u odamning kasbidan qat’i nazar, ham bilim, ham fahm-farosat, 
ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi. Shunday qilib, zi­
yolilik asosida insonning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligi, qalbidagi 
ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilana- 
digan xatti-harakatlar yotadi.
Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolarning munosabatida esa 
ikki xil yondashuv ko‘zga tashlanadi. Ularning faol va ilg‘or qis- 
mi, millatning o‘zagini tashkil etadigan ko‘pchilik odamlar zi- 
yolilarga havas bilan qaraydilar, ziyolilarning xatti-harakatlarini 
nafaqat m a’qullaydilar, balki o‘z farzandlari va yaqinlariga na- 
muna qilib ko‘rsatadilar. Ammo oddiy aholilik majburiyatidan 
boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib kelina- 
digan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma’lumotlari oliy yoki 
o‘rtaligidan qat’i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat bilan 
o‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mah- 
dud «omma» qaysi yerda kamayib borsa, o‘sha jamiyatda taraqqi­
yot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma’nodagi 
fidoyilikdir. Shu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda 
ziyolilik tamoyilini har bir fuqaroga singdirish uchun muntazam 
kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma’naviyatni yuksalti- 
rish orqali ro'yobga chiqadi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin