Falsafa asoslari


«Dunyoqarash» tushunchasi, uning shakllari. Falsafiy dunyo-



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Falsafa asoslari

«Dunyoqarash» tushunchasi, uning shakllari. Falsafiy dunyo-
qarashning yo‘nalishlari va vazifalari. 
Har bir kishining dunyoga 
nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi 
tasaw urlari, xulosalari boladi. Ana shu tasavvurlar, tushuncha-
12


lar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga 
munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu 
ma’noda, dunyoqarash — insonning tevarak-atrofini qurshab tur­
gan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining 
undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasawurlar, bilimlar tizimidir. 
Dunyoqarash — olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok 
etish va bilishdir.
Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli 
individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki bu­
tun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dun­
yoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyo­
qarashlar yig‘indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda 
ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga 
olish lozim.
Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda 
oddiy, o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bolgan 
qarashlar, tushunchalar, g‘oyalar shakllanadi. Bu — dunyoqarash­
ning o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni 
ko‘pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar.
Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bolib, ongning sodda 
namoyon b o lish shakllarini ham, oqilona va soglom fikrlarni 
ham o‘z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyo­
qarashning o‘ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalari- 
dagi bilim va tajribalar ta ’sirida shakllanayotgan qarashlar tash­
kil etadi. «Har kimning o‘z falsafasi bor» deyilganida ana shu 
hoi anglanaladi. Demak, dunyoqarash o‘zining kundalik om­
maviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanmagan stixi­
yali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko‘p hollarda kundalik 
tafakkur muhim masalalarni to‘g‘ri tushuntirish va baholashga 
ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish 
zarur.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin