Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivoj-
lantirish zarurligi.
Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga
doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta. Ma’lumki,
olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni
mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan
bogliq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo
falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham
o‘z
ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umummsomy
mavzu, masala va muammolarning barchasi awal-boshda xu
susiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida
namoyon boladi. 0 ‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodariarini
sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun
qayg‘uradi, ularni o‘ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb
biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar
albatta aks etadi. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bolgan
falsafada milliylikning aks etishiga asos boladi. Umuminsoniylik
— vatansizlik (kosmopolitizm) bolm agani singari, milliylik ham
— milliy qobiqqa o‘ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bolishi
mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o‘z mohiyati bilan umum-
19
insoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?» — degan savollar charx
urishi mumkin. Bu — o‘ziga xos milliy taraqqiyot yo‘lidan keta-
yotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bolgan savollardir.
Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaat-
larimiz nuqtayi nazaridan qaraydigan bolsak, 0 ‘zbekistonda bu
yo‘nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar
mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bolishi mumkin
emas, bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi,
deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy
g‘oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qan
day umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy
zamonda xususiy holda namoyon boladi, deya milliy falsafani
yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham
mavjud degan fikrga o‘rganib qolganmiz. Aslida, ularning
barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku!
Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini bel-
gilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy
qo‘shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir boladi.
Eng muhimi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish
evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bolsak, ayrim milliy fal-
safalarning umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa
b o lib qo‘shilganini ko‘ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga
yuz tutganidan keyin o‘z milliy davlatchiligiga ega bolgan Yev
ropa mamlakatlarida, o‘rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish
imkoni tug‘ildi. ( 0 ‘rta asr Yevropa madaniyatiga bag‘ishlangan
mavzuda bu haqda atroflicha fikr yuritamiz). To‘g‘ri, ular
umumyevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati
negizida shakllandi. Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat
va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon
avvalo, Italiya va Angliyada, so‘ngra Fransiyada yuz berdi. Bu
falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va
J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o‘z mamlakatlari,
balki Yevropa va jahon falsafasi tarixida o‘chmas nom qoldirdi.
20
Ular, avvalambor, o‘z yurti, o‘z millati sha’nu sharafini yuksak-
likka ko‘tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg'or g‘oyalarni
o‘rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga
hissa qo‘shgan.
Xuddi shunday, XVIII—XIX asrlarda milliylik va jahon fal
safasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatgan hudud
Prussiya
bo‘ldi.
Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarki-
bida bolgan bu o‘lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini
tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o laroq
I. Kant, I. Hegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donishmandlar
tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik
bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko‘plab faylasuflar tomonidan
rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi
hisoblangan Hegel ta ’limoti esa, Pruss monarxiyasining davlat
mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o'tkinchi ekan
ligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi
nom ini olgan Hegel Pruss monarxiyasining o‘tkinchi ekanligini
bilmasmidi? Nim a sababdan u dialektik ta ’limoti emas, balki
monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemasining mukammalroq
bo lish i uchun ko‘proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha
faylasuflarni o‘ylantirib keladi.
Xo‘sh, nim a sababdan Hegel bu yoldan bordi? Chunki, Hegel
o‘z davrining, o‘z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy
davlati — Pruss monarxiyasi davrining mahsuli, o‘sha davr falsa
fasining namoyandasi edi. U «Faylasuflar osmondan yomg'ir kabi
yogllmaydilar yoki yom glrdan keyingi qo‘ziqorinlardek yerdan
o‘sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan
ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o‘z ijodi va faoliyati bilan
Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bolsada, nemis
davlati ekanligini o‘z millatining ongi va dunyoqarashini tarkibiy
qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuf edi. Uning «Aqlga
muvofiq narsalarning barchasi voqedir, voqe bolgan narsalarning
barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so‘zlarini ham ana shu
m a’noda tushunish lozim. Hegelning bu masalada dialektik emas,
balki metafizik usulga ko‘proq e’tibor berganligining sababi ham
ana shunda.
21
0 ‘sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko‘proq
tarqoq hududlarga bolinib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida
yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi — milliy
davlat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o‘zgarishi boshqa
masala bo‘lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis milliy
davlati tarzida saqlanib qolishi, uning millat falsafasiga aylanishi
bilan b ogliq edi. M illat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylan-
gan milliy davlatchilik g‘oyasi hech qachon so‘nmaydi, garchand
yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir
qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon
boladi. Hegel o‘z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o‘sha
davlatning shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib
keta olgan faylasuf darajasiga ko‘tarilgani uchun ham bu millat
tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. M il
liylik va umumyevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa
haligacha o‘z jozibasini yo‘qotmaganligining sabablaridan biri
ham ana shunda.
Shunga o‘xshash vazifani, o‘z davrida, millatimizning asl far-
zandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan mil
lat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot
tiliga aylantira olgan, o‘z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk
ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham
ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o‘sha davrga
xos o‘zgarishlarning boshida turgan Am ir Temur faoliyatiga qay-
ta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda.
Zero, har bir xalq, avvalo, o‘zining tarixidan bugungi kun uchun
tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos boladigan
m a’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Bugungi kunda bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib,
uchinchi ming yillikka qadam qo‘ydi, hayotning barcha sohalari-
da ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif
beqiyos rivojlandi. Odamzod o‘zining aql-zakovati va mehnati bi
lan juda ko‘p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko'plab sir-asrori
kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi.
Biz yashayotgan dunyo so‘nggi yillarda nihoyatda o‘zgarib
ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida
22
olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka
erishib, tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning
huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashni
tubdan o‘zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, is-
tiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksalti-
rishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafiy
bilimlarni egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi dunyoda o‘z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar
bor. Chunonchi, «hind falsafasi», «xitoy falsafasi», «nemis falsa
fasi», «ingliz falsafasi» kabilar shular jumlasidandir. Milliy ada
biyot, milliy madaniyat, san’at va hokazolar bolgani kabi, mil
liy falsafaning ham bolishi tabiiy. Ammo bu — falsafa milliy
qobiqqa o‘ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan sifa
tida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa,
ikkinchi tomondan, shu masalalar bilan shug‘ullanayotgan aniq
shaxs — faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham
ifodalaydi. Millat ozod bolsa, o‘z turmush tarziga mos fikrlasa,
olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta
olsa, uning o‘z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq m an
faatlarini aql-idrok, mafkura y o li bilan himoya qilishga, uning
ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shu bois Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy
falsafani rivojlantirish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz
millatning haqiqiy farzandi bolgan, uning kamolini o‘ylaydigari
chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bolmaydi.
Shu sababli biz o‘rganadigan falsafa umumbashariy muammo-
lar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huqu
qiy demokratik jamiyat barpo etish jarayonidagi m a’naviyatning
tarkibiy qismi bolib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirm ogi
lozim.
Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy
falsafasini rivojlantirishning barcha shart-sharoitlari mavjud va
bunda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
— xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
— mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
— muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
23
— mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
0 ‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga
oshirish quyidagi muammolarning yechimini topishga bogliq:
— birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan
tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini
ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. 0 ‘z davrida qimmatli
tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etil-
gani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
— ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekan
ligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlar-
ning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand
bolish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bolm oqda;
— uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta
g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy
bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan toldirish, istiqlol mafkurasini
shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari
bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda
katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga
aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy man-
faatlarimiz nuqtayi nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir.
Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan
hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ong
ning shakllanishiga muayyan darajada ta ’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |