Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili.
Dunyoqarash muayyan
davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ij-
timoiy-tarixiy mohiyatga ega bolib, kishilarning umri, amaliy
faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga
keladi. H ar bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o‘z
13
dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohi-
yatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u m a’lum bir ja
rayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy
ko‘rinishlari muttasil yangilanib turadi.
Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyo-
qarash nihoyatda oddiy bolgan. Agar shunday bolmagan ida, har
qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqa
rish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk
olimi Arximed hammomdan yalang‘och holda chiqib, «Evrika!»,
ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan b o la r edi.
Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomil
lashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qi
lingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib,
uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi. Bunda voris
lik an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqa
rashi, g‘oyasi o‘tmishda yaratilgan m a’naviy qadriyatlarning eng
yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda
yangi tamoyillarga ega bolgan dunyoqarash ham takomillashib
boradi. Oddiy bug‘ mashinasidan kosmik raketalargacha bolgan
fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol b o la oladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy
bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shaklla-
nadi hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bolgani
bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asos-
lanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy
guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan
holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bi
limlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami hamda ular
ning namoyon bolishidir.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko‘ra, ma’naviy faoli
yat bolgani bois, u borliqqa bolgan ongli, insoniy munosabatning
muayyan yo'nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning
jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy dunyoqarashlarida,
huquqiy munosabatlari — huquqiy, siyosiy munosabatlari — siyosiy,
diniy munosabatlari — diniy, ekologik munosabatlari — ekologik
14
dunyoqarash shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida
izohlaydigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash
shakllari o‘zaro bogliqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.
Dunyoqarash tizim ining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqi-
yotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har
bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va
dunyoqarashida namoyon boladi. Boshqacha qilib aytganda,
dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ij
timoiy guruh, tabaqa va butun millatning m a’naviy qiyofasini
belgilab beradi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik,
milliy g'urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘u
va tushunchalar bilan uzviy bogliq holda shakllanadi. Chunki,
dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oy-
dinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bolagiga
aylanadi.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqi
yotining qonuniy natijasi bolib, jamiyat rivojlanishining m a’naviy
mezoni sifatida namoyon bolgan. Taraqqiyotning dastlabki
bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayoti-
ga bolgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini
topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan.
Yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom
tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmu-
nidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi ja
rayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og'zaki
ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega
bolganini hanuz ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ah~
lini hayratga solmoqda.
15
Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga
munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Ezgulik va haqiqat uchun kurash g'oyalarining ifodasi bo‘lgan
afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka
ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy
vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga
xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bolgan e’tiqodi
bilan bog‘liq bolib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash
shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qan
day, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini
ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Bu hoi ayniqsa, diniy fundamentalizm va
ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda
yaqqol namoyon bolm oqda.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan
o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning maz
muni, hayot va o lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy
e’tiqod tushunchalari bilan boglab tahlil qiladi hamda o‘ziga xos
mukammal tizim ini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqa
rashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyat-
larini bartaraf qilish bilan bogliq regulyativ faoliyati nihoyatda
muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi
o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan
birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib
chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi so-
halarni o‘rganadigan alohida yo‘nalishlar ham paydo boldi. Ular
olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qo-
nuniyatlarini o‘rganishga yordam beradi.
Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra,
o‘ziga xos bolib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal
mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u
borliq to‘g‘risidagi, insonning olamga bo lg an munosabati haqi
dagi falsafiy bilim sohasidir.
16
Gnoseologiya — bilish falsafasi bolib, olamni anglash, bilish
nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to ‘g6risidagi
ta’limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to‘g‘risidagi
falsafiy ta’limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o‘zgartiruvchan, amaliy
faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.
Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari
to‘g‘risidagi ta’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va ta
fakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonumyat-
lari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o‘rganuvchi ta’limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, ta
lab va tartib-qoidalari to‘g‘risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida
go‘zallikning o‘rni, qonun-qoidalari to‘g‘risidagi qarashlar maj~
muyi.
Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy fal
safa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya), san’at
falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya),
siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi
kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so‘z bilan ijtimoiy-falsafiy
fanlar tizimi deyiladi.
Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va
odam, borliqning asosi bilan bogliq masalalar qanday usulda
hal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida
monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm,
teizm,
ateizm kabi ko‘plab yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi. Falsafani
o‘rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko‘p duch kelamiz va
o‘rni kelganda ularga zarur izoh va ta ’rif berishga harakat qilamiz.
Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muhim tarm ogi hisobla
nadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar
o‘rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. M azkur qollanm ada
falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o‘rganilgan.
Falsafiy bilimlar tizimining o‘zgarishi va mazmunan boyib
borishi obyektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon mahsuli bolib, u jami-
17
yarning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o‘zida ifoda etadi.
Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo‘nalish har bir tarixiy davr
da o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning um u
miy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim
yo‘nalishi jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos determinant (sabab)
vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraq-
qiyotiga ta’sir qiluvchi subyektiv omil b o lsa ham, vujudga kelish
asosi — genezisi nuqtayi nazaridan obyektiv hodisadir. Uchinchi-
dan, falsafiy bilim yo‘nalishlarining o‘zaro bogliqlik, aloqadorlik
munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi.
Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday
konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos b o lib xizmat '
qiladi.
1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, Chunki u narsa va hodisalar
o‘rtasidagi boglanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik
ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifoda-
laydi. H ar qanday falsafiy dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi
narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning
o lm ish i dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivoj-
lanishini ifodalaydi.
3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har
qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar
orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik bu-
zilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan
va izchil aks ettirishiga putur yetadi.
4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash
shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni
har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bolib, inson man-
faatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-
umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida
muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek
milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash,
millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g‘oyasiga tayanishi bilan
xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g‘oyani e’tiqodga aylanti-
rish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.
7.
Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri
nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifati-
da mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib,
istiqbol rejalarini belgilashda q o l kelishi bilan izohlanadi. Shu
ningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida
uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalarning o‘zaro ichki bogliqligi
falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini
belgilab beradi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda aham i
yatini har tomonlama o‘rganish inson va jamiyatning ma’naviy
kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida,
falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo‘llarini topish im-
konini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy
sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |