6. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan iborat?
7. 0 ‘zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazi
falari.
2-mavzu. Falsafiy tafakkur tarixi.
Sharq falsafasi
Tarixni bilish, undan to‘g‘ri va xolis xulosalar chiqara olish in
son ma’naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk
muallim, o‘tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qa
dimgi davr
falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta
ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa’rida yotgan
madaniyat
va falsafadan nima foyda, yaxshisi, bugunning gapi-
dan gapiring?”, « 0 ‘tmish qa’ridan tashbeh izlagandan ko‘ra, bu
gungi muammolar ustida bosh qotirgan ma’qul emasmi?»
degan
xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham
jon borga o‘xshaydi. Ammo bir narsa aniq: olm ishni bilmas
dan turib, kelajakni to‘g‘ri tasaw ur etish mumkin emas. Zero,
o‘tmishsiz kelajak yo‘q.
Shu ma’noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o‘tmishga qiziqqani-
miz uchun o'rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro‘y bergan
xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday
aks etgani, ularni qanday g‘oyalarning tug‘ilishiga sabab bo‘lgani,
qaysi ta’limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatgani,
qaysi mafkura odamzodni ko‘proq rivojlanish yoki tanazzul to
mon yetaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o‘rganamiz.
Tarixni o‘rganmoq va undan saboq
olmoq har bir inson uchun
zarurdir. Bu — falsafa bilan shug'ullanayotgan mutaxassis uchun
ham, uni o‘rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim aha
miyatga ega. Tarixni falsafasiz to‘g‘ri tushunib bolm agan i kabi,
falsafani ham tarix haqiqatisiz to‘g‘ri anglab bolmaydi.
Dostları ilə paylaş: