rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va m a’naviy-ax-
loqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog‘langan. Ular xalqimizning
turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Mustaqillik yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy
merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini ni-
shonlash mamlakatimizda
odat tusiga kirib, millatimizning har
tomonlama uyg‘onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoq-
da. Xususan, islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalar-
ning merosini nashr qilish, o‘rganish, targ‘ib
etish xalqimizni is-
lomiy qadriyatlardan bahramand qilishga katta yo‘l ochdi.
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
Kasb etikasi
(odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan
o‘zaro munosabatlarning axloqiy yig‘indisidir. Tarixda kasb odo-
bining shakllanishi qadimga borib taqaladi. Ilk kasbiy-ma’naviy
talablami qadimgi Misrda paydo bolgan «Pxatotep o‘gitlarida»
uchratish mumkin. Ushbu pandnomada mehnat orqali boylik va
yuqori mavqega erishish uchun o‘z vazifasini vijdonan bajarish
lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, Qadimgi Yunonistonda pay
do bolgan Gjppokrat qasami ham kasb odobi kodeksi zaruriyati,
unga
ehtiyoj avvaldan bolganligi, birinchi navbatda, u kasbiy
faoliyatni axloqiy jihatdan izga solish, m a’lum qoidalar doirasida
ish yuritish, turli murakkab holat va
vaziyatlarda kasbiy-insoniy
nuqtayi nazarlardan to‘g‘ri xatti-harakat qilish mezonlarini yara-
tish, Shuningdek, kasblarning jamiyatdagi o‘rni, mavqei, salo-
hiyatini mustahkamlash maqsadida paydo bolganidan dalolat
beradi.
Sharqda ham kasb odobi masalalariga katta e’tibor qaratil
gan. Husayn Voiz Koshiflyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari
beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n
oltinchi
fasllari turli kasb egalari odobiga baglshlangan. Masalan, o‘n
to‘rtinchi fasl «Kasb-ког va savdo-tijorat odobi haqida» deb nom-
lanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odo
bi qonun-qoidalarini bayon etadi. ««Bilgilkim, hamma kasblarga
birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har
bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun
312
zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb ayt-
gil: o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin;
rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin,
kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin; kasbni obro‘ olish,
yaxshi
nom chiqarishning sababi, deb bilsin; moli harom odam
lar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar,
kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...»1.
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmat-
korlar) odobi, maddohlar odobi singari
masalalarda ham xuddi
shunday asosli fikrlar bildiradi. Sotishning sakkiz odobi, sotib
olishning o‘n ikki odobi borligini bayon etadi. Sotish odobi haqida
xaridorga muloyim gapirish, dag‘allik qilmaslik, olchovdan, ya’ni
tarozidan urmaslik, xaridorni aldamaslik kabilarni aytib o ladi.
Sotib olish odobida esa
molni halol pulga sotib olish, qalbaki,
soxta pul bermaslik, sotuvchiga qo‘pol gapirmaslikni ta’kidlab
o‘tadi2. Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblan-
magan, balki muayyan kasb-kor egalarigagina mansub bolgan
ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me’yorlari mavjuddir. «Kasb odobi»
atamasi «kishilar o‘rtasidagi kasb faoliyati bilan bogliq munosa-
batlarga ma’rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir»3.
Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chun
ki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori
asos bolsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy
axloqiy kasbiy me’yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning
kasbiy burchlari o‘z kasbiga bolgan munosabatini belgilaydigan
axloqiy me’yorlar
majmuyi bolib, u kishilarni u yoki bu kasbga
mansubligiga qarab birlashtiradi.
Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta’kidlash
joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda
emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar
xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida 0 ‘zbekiston Prezidenti
Yüklə
Dostları ilə paylaş: