umumiyroq bolmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka
asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa boladi. Masalan, quyidagi
mulohazalar berilgan bolsin:
Hamma baliqlar suvda yashaydi.
Sazan — baliq.
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda — Sazanlar suvda yashay
di, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi.
Sillogizmning tarkibi
oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy
sillogizm deyiladi.
Sillogizmning tarkibi
xulosa asoslari (praemissae) va xulosa
(conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tu
shunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi — S
— kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi — R — kat
ta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun
umumiy bolgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha — M
- (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi.
Asoslarda katta
terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni
o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asos-
larning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ket-
ma-ketlikda kelishiga bogliq emas.
4
S — kichik termin;
M — o'rta termin;
R — katta termin.
0 ‘rta termin katta va kichik terminni boglovchi mantiqiy ele
ment hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul
qilingan nazariy mulohazalar bolib,
ular vositasida boshqa fikr
va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulo-
salashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi
quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda
joylashgan bolsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning
ichida bolsa, unda birinchi
buyum ham uchinchi buyumning
236
ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda
joylashgan bolsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan
tashqarida bolsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan
tashqarida joylashgan boladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yor
damida ifodalash mumkin.
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi
munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak,
sillogizm ak-
siomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi
to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi
barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taal-
luqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Hamma odamlar tirik mavjudotdir.
Hamma talabalar odamlardir.
Hamma talabalar tirik mavjudotdir.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan
uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum,
hodisa
belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir;
buyum, hodisa belgisiga zid bolgan narsalar buyum,
hodisaning
o‘ziga ham ziddir.
Dostları ilə paylaş: