vofiq, o‘z hayotini yolga qo‘yishi va shart-sharoitlarni muayyan
darajada o‘ziga bo‘ysundirishi mumkin, deb hisoblanadi.
Shaxs doim o‘zini o‘zi
namoyon etishga intiladi, u o‘zgarmas
va taniqlidir. Shu ma’noda, shaxs tasodifiy tarzda namoyon
bo‘luvchi sifatlar va xususiyatlar majmuyi emas, balki yaxlit va
uyg‘un jonzot, degan fikr o‘rinli.
Hozirgi zamon falsafasining yo‘nalishlaridan biri — persona-
lizm shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutuglni va
uning asosiy ma’nosini ko‘radi. Shaxs dunyoni o‘zlashtiruvchi
o‘ziga xos betakror subyektivlikdir.
U butun vujudi bilan barka-
mollikka intiladi va har tomonlama uyg‘un shaxslar jamiyatida
yashashga haqlidir.
Shaxs kechinmalari muqarrar tarzda u qabul qilgan qadriyat
lar bilan belgilanadi. Individga esa hayot faoliyatining instinktiv
omillari ko‘proq xosdir. M.Sheler individning bunday mayllari
qatoriga ochlik, jinsiy mayl va hokimiyat instinktini kiritadi.
Ammo faol inson hayotining har bir hodisasi vital va ma’naviy
asoslar birligi sifatida namoyon bo‘ladi.
Individ omma vakili sifatida amal qiladi. Uning hammaga
o‘xshashligi uning muqarrar xossasidir.
Bunda individning shaxs-
sizlashuvi shu qadar kuchli bolishi mumkinki, u nom o'rniga
tartib raqami yoki ko‘rsatish olmoshi bilan «u, bu, boshqa» deb
atalishi mumkin. Industrial standartlashgan dunyoda ijtimoiy
vazifa va funksiyalar individual xulq-atvorda yol qo‘yiladigan
xatti-harakatlarni ancha qattiq tartibga soladi. Tizim qabul qi
lingan andazadan har qanday tarzda chetga chiqish hollari bilan
murosa qila olmasligini ochiq-oydin namoyish etadi. Raqobatga
asoslangan bozor munosabatlari sharoitida «ishlab chiqarish —
ayirboshlash — iste’mol» tizimiga mukkasidan ketgan odam o'zi
ham tovarga — yaxshi narxga pullash mumkin bolgan tashqi si
fatlar majmuyiga aylanadi. Narx baland bolishi uchun
esa qabul
qilingan andazaga rioya etish va Erix Fromm ta’biri bilan ayt-
ganda, «chiroyli o‘ram»ga ega, xushchaqchaq, soglom, izzattalab
va faol bolishi kerak. Buni bugungi sportchilar, ayniqsa mashhur
futbolchilar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Shu nuqtayi na
zardan, Ronaldu, Messi, Neymar kabi futbolchilarning bir necha
183
yuz million dollarga, boshqa futbolchilarning esa bir necha o‘n
million dollarga baholanishi bugungi kunda hech kimni ajablan-
tirmaydi.
Xullas, odamzod tarixida qachon «inson», «shaxs», «individu-
allik» tushunchalari paydo bolgani bahsli masaladir. Bu masala
ning Sharq va G ‘arbda o‘ziga
xos talqinlari mavjud bolib, ular
ko‘p hollarda insonga xos muayyan xususiyatni ustuvor deb bilish
asosida shakllangan. Ushbu talqinlarni hozirgi zamon nuqtayi
nazaridan o‘rganish inson borligl masalasining tarixi uzoq
ekanini, bugungi kunda ham uning falsafiy nazariyalar uchun
qiziqarli ekanini anglab olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: