Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə165/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Kulgililik kategoriyasi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsiz odamlarni kulgili deb hisoblagan bo‘lsa, Arastu kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi, deydi. Olmon mumtoz nafosatshunoslaridan Immanuil Kant kulgililikning tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi, Fridrix Shiller hajviyani veallik bilan ideallik orasidagi qarama-qarshilik orqali ko‘rsatib o‘tadi. Heorg Hegel kulgililikning asosini zohiriy ishonch va botiniy to‘laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali ifodalaydi.

Insondagi layoqatsizlik, loqaydlik, mas'uliyatsizlik, izzatta- lablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililikning obyektlaridir. Shuningdek, kulgi — axloq hududlarini bezarar buzishdir. Har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu ho- latda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga va kuldirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyatdir. Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari faqat obyektiv tomonga ega bo‘lmay, sub- yektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub- yektiv tomoni — keng ma'nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir.

Kulgi o‘z tabiati jihatidan demokratik xususiyatga ega. U turli ko‘rinishlarga boyligi bilan san’atning me’morchilikdan boshqa deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi. Biroq, u o‘zining eng


337

to'la bo‘lgan estetik ifodasini komediyada topadi. Kulgililik—yuk- sak taraqqiy etgan tanqidning ibtidosini o‘zida namoyon qiladi. Kulgi — tanqidning estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko‘ra tabaqa- lanishga qarshi, mansab va amal oldida bo‘yin egmaydi. Kulgi tengsizlik, zo‘ravonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning barcha shakllariga qarshi kurashuvchi buyuk kuch sifatida maydon- ga chiqadi. Abdulla Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko‘rning uzri», «Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Haqiqiy ma’nosi», «Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida xalqimiz ahvoli to‘g‘ridan to‘g‘ri kulgi ostiga olinadi.

Kulgining badiiy shakllari orasida satira alohida o‘ringa ega. Umumnazariy ma’noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi bo‘lib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish - bun- day hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy vo- qea-hodisalari joylashgan bo‘lib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun komediya san’atiga xos tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to‘la va eng aniq ifoda to- padi. Satirani asosan kulgi fosh etib qo‘yadi, lekin kulgi bu jara- yonda qahr-g‘azabdan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi.

Hajviya — jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqi- batlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq keli- shini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin masxara, mazax kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo‘lolmaydi. Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni xafa qilishga, obro‘sizlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu kulgining o‘ta ziddiyatli va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishidir. Shu bois masxara fisq-u fasodning muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so‘z bilan insonga daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o‘zganing us- tidan, jismoniy kamchiligidan kulish masxaraning real voqelik- dagi ko‘rinishlaridir.

Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lib borsalar, shunchalik ko‘p aha- miyat kasb etadi. Rivojlangan hazil tuyg‘usi, hayotning kulgili


338

tomonlarini nozik ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib borgan sari shaxsning ma’naviy-ruhiy sog‘lomligi hamda barka- molligi yuksalib boraveradi.

Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jara- yonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchilik vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin