Falsafa asoslari


Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə163/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Ulug‘vorlik — insonning narsa-hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluv- chi ma’naviy hodisa. Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami kabi cheksiz bo‘lib, o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni mujassam etadi. Shuning uchun ulug‘vorlik muhokamasi yuk- sak darajada madaniyatni talab qiladi. Ulug‘vorlik tabiat, jami- yat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan ma’naviy-axloqiy tushunchadir. Ulug‘vorlik belgisiga ega bo‘lgan barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan umumiylik — me'yoriy barkamollikdir.

Tabiatdagi ulug‘vorlik baland tog‘lar, qudratli sharsharalar, cheksiz okeanlar, mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon va h.k. timsolida namoyon bo‘ladi. Bu yerdagi umumiylik — ularning keng ko‘lamligi, ulkanligi, buyukligi va tuganmasligidir. Tabiat- dagi ulug‘vorlik insonda o‘zidagi zaiflikni emas, balki tabiat bilan qo‘shilib ketishga intilish hissini uyg‘otadi va kuchli ta’sir etadi. Tabiatdagi ulug‘vorlik ruhimizga hayrat, hayajon va jo‘shqinlik bag‘ishlaydi. Tabiatdagi ulug‘vorlik matematil: va dinamik xususi- yatga ega. Matematik xususiyatida — hajm, dinamik xususiyatida — kuch ustuvor ahamiyatga ega.


333

Jamiyatdagi ulug‘vorlik milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqparvarlik va bunyodkorlik tushunchalari bilan izohlanadi. Barqarorlik, farovonlik, adolat, qonun ustuvorligi, hurfikrlilik jamiyat ulug‘vorligini ta'minlovchi mezoniy tushunchalardir.

San’atdagi ulug‘vorlik teatr, kino va badiiy adabiyotdagi fojia- viylik bilan yonma-yon turadi. Bunday ulug‘vorlik badiiy maz- mun va shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi. Muhim ahamiyatli g‘oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san’at asari darajasining yuksakligini belgilab beradi.

Ulug‘vorlik hissi o‘z-o‘zidan quvonch, hayratlanish, ehtirom, tan berish tuyg‘ularini o‘z ichiga qamrab oladi, ruhiy ko‘tarinkilik bag'ishlaydi. Ulug‘ ishning tagzamini esa niyatning, maqsadning ulug‘vorligidir. Masalan, Amir Temur ulug‘ saltanat qurish soha- sida ulug'vorlik namunasini ko‘rsatgan bo‘lsa, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy turkiy tilda jahonshumul badiiy asarlar yozib, o‘z xalqining ma’naviy olamini yuksaklikka ko‘tardi, ona tilin- ing qudratini baralla namoyish eta oldi. Shu kabi ilmiy kash- fiyotlari bilan jahonga nomi ketgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar ham ulug'vorlik shohsupasidan o‘rin olgan. Bu zotlar ilmu fan, hikmat va ijod pahlavonlari, Sharq Uyg‘onish davrining buyuk siymolari sifatida hozir ham bizga ibratdir. Ulug‘vorlik tuyg‘usiga faqat miqyos o'lchovi bilan erishilmaydi. Agar ayrim obidalar, masalan, Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr ehromlari va shu kabilar o‘zlarining miqyos ko‘lami bilan hayron qoldirsa, boshqalari o‘zining nafisligi, nozik ifodali rang- lar, qismlar hamohangligi, atrof-muhit bilan uzviy qo‘shilib ket- ganligi bilan alohida ahamiyat kasb etgan (Go‘ri Amir, Shohi- zinda, Mustaqillik maydoni, Ichanqafa, Registon maydoni, Mir Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi va b.). Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari tu- fayli ulug‘vorlik kasb etayotgan obidalar jahonga yuz tutmoqda. Mamlakatimizda Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy kabi ajdodla- rimizga haykallar qo‘yildi. Shu kabi Mustaqillik maydoni, unda qad ko‘targan ramzlar, Baxtiyor ona haykali ham ulug'vorlikka misoldir.




334

Demak, ulug‘vorlik tarix, xalq, millat, ozodlik, mardlik, fi- doyilik bilan hamohangdir. U insonning orzu-armonlari, ideal- larini aks ettiradi va rivojlantiradi, buyuk ishlarni amalga oshi- rishga chorlaydi, yaratuvchanlik va ijodkorlikka ilhomlantiradi, hayotga ma’no-mazmun bag‘ishlaydi, inson zotining ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin