Inkorni inkor qonuni. Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
119
0‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik — eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon boladi. Ana shu ja- rayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mo- hiyatini bildiradi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q» so‘zi bilan qo‘shilib ketadi, inkor qilmoq — «yo‘q» demakdir, biror nar- sani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qi- lish to‘g‘ridan to‘g‘ri «yo‘q» degani emas, ya’ni narsani mavjud emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib tashlamoq emas.
Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy al- mashuvi bo'lmasdan, balki eskining bag‘rida vujudga kelib, un- dan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday deb atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi.
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisa o‘zigacha bo'lgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoitning o‘zgarishi, vaqtning o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. De- mak, har bir narsa va hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hami- sha ikki va undan ko‘proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. In- soniyat tarixi — avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyot- dagi davriylikning muayyan halqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilar takrorlanadi.
120
Masalan, don o‘simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o‘simlikka va hokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq shaklida emas, doira shaklida bo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo‘lishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega bo‘ladi. Bu spi- ralning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramiga nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi.
Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi bog‘lanishni but- kul rad qiladi, deb tushunmaslik kerak. Yangi qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, u yo‘q joydan paydo bo‘lmaydi, balki eskining qobig‘ida asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan yangiga o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom et- tiriladi. Demak, yangi bilan eski o'rtasida vorislik mavjuddir. In- korni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jara- yonida ro‘y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda kat- ta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijti- moiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom Karimovning yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosasida yaqqol o‘z asosini topgan.
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushuncha- lari bo‘ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og‘irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlar- ning nomi bilan bog‘langan. Masalan, fizikada Nyuton, Fara- dey, Avagadro qonunlari va hokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin.
121
Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining maz- munini aniqlab olish zarur. An'anaviy tavsiflarga ko‘ra, «qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayoni- dagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o‘zaro bog‘lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Endi kategori- yalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.
Kategoriya nima? Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish» degan ma'nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta'riflab ber- gan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqelikning umumlashgan in’ikosi sifatida qarab, turkumlashti- rishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifa- tida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilina- di. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va rito- rika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mam- lakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madani- yati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qi- lingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sa- bab bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk
122
shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifoda- lashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta'riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. 0‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII—XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yax- litlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushun- cha» (obyektiv, subyektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifati- dagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obyektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini man- tiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) bor- liqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy-mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shun- day kategoriyalaridir.
Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va ak> ladorlik munosabat- larini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jara-
Dostları ilə paylaş: |