Falsafa asoslari


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə40/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

109

Takrorlash uchun savollar


  1. Olam nima va unda odamning o‘rni qanday?



  2. Borliq va yo‘qlik tushunchalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?



  3. Borliqning murakkab tuzilishi deganda nima tushuniladi?



  4. Real, konkret va virtual borliqning o‘ziga xos xususiyatla- rini tushuntirib bering.



  5. Mavjudlik va reallik nima?



  6. Harakat va uning asosiy shakllari to‘g‘risida so‘zlab bering.



  7. Fazo va vaqt, makon va zamon qanday ma’nolarni anglata- di?



  8. Hayot nima va uning mazmuni nimadan iborat?



  1. mavzu. Olamning universal aloqalari va rivojlanish.



Falsafaning qonun va kategoriyalari

Olamdagi aloqalar, o‘zgarish va rivojlanish. Bogianishlarning turlari. Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi, rivojlanishi, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va o‘zaro ta’sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o‘rtasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki ular to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish man- bayi, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida hamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish qiyin.

Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya’ni eng mayda zarra- chalardan tortib to Yer, quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jum- ladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o‘zgarish va rivoj- lanishdadir. Ular o‘rtasida abadiy o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro ta’sir va aloqadorlik mavjud. Olamda o‘z-o‘zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi.

Biz narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos bo‘ladi, deymiz. Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bo‘lavermaydi. Chunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, t.a’sir kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlar- ning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va


110

tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo'lmagan va ho- kazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin.

Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohi- da, ular bilan bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta'sirda bo‘lmagan birorta ham voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish so- dir bo‘ladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo‘lishi turli darajada bo‘lganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.

Masalan, yangi tug'ilgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, yarim yil mobaynidagi o‘zgarishini, ya’ni ulg‘ayishini yoki bo‘lmasa, ta- biatdagi qish faslidan bahor fasliga o‘tishdagi o‘zgarishlarni oddiy ko‘z bilan yaqqol sezish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, masalan, Yer qa’ridagi ichki jarayonlarni ma’lum davrdan ke- yin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar zilzilalar, vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida esa g‘aflatda qolib kelmoqdalar. Ya’ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yo- rug‘lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y ber- gan o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. Ulardagi o‘zaro bog'liqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson ko‘rish va ilg'ash mumkin bo'lgan, ochiq-oydin ro‘y beradigan voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohi- yatini ilg‘ash qiyin bo‘lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar va o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tu- shunchasi qo‘llaniladi. 0‘rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida bu ikki tushunchaga alohida e’tibor berilgan.

«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilgan- ligi sababli, bu yerda uning quyidagi qisqa ta’rifi bilan chekla- namiz: harakat deb olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi. Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan mu- rakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin bu jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan spiralsimon shakldagi harakatdan iborat bo‘l shi mumkin.

Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o‘tmishdan kelajakka tomon o‘tishi ham, lekin makonda voqea va hodisalar-




111

ning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bo£lib turadi. Ba’zida taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida oldingi bosib o‘tilgan davr takrorlangandek bo‘ladi, ammo bu ilgarigidan farq qiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.

Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Hol- buki, har kuni tongda o‘sha quyosh chiqadi, o‘sha tog‘u toshlarni, bog‘u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon o‘sha-o‘shadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir o‘qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekor- chilikdan zerikadi... Ammo dunyo o‘zgarmadimi bu bir kunning ichida? Unda minglab bolalar tug‘ilmadimi, son-sanoqsiz jara- yonlar ro‘y berib, Yer sayyorasining turli burchaklaridan boshqa joylarga qanchadan-qancha axborotlar tarqatilmadimi? Ona za- min o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimi? Bularning barchasi bir kunu-tunda ro‘y bergan botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning namoyon bolishidir.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin