Fazo va vaqtning xususiyatlari. Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jihatlarni ifodalashiga qarab, metrik va topologik xu- susiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, o‘lchanadigan, ko‘zga tash- lanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga ko‘lam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga uzluksizlik, bog‘langanlik, o‘lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga qaytmaslik, bir o‘lchamlilik kabi xususiyatlar qo‘shiladi.
Fazo (vaqt)ning metrik o‘zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o‘zgartira olmaydi, topologik o‘zgarishlar esa borliqning sifatiy o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, bir bog‘langan sistema- ning ko‘p bog‘langan sistemaga o‘tishi fazo topologiyasini tubdan o‘zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turli- cha yo‘llar paydo bo‘ladi. Bunday fazoda katta idishning ichiga kichik idishni sig‘dirish mumkin bo‘ladi. 0‘lcham darajasi ko‘p bo‘lgan sistema o‘lchov darajasi kam bo‘lgan sistemaga nisbatan ko‘rinmas va murakkab bo‘ladi. Shuningdek, fazo va vaqtning metrik xususiyatlarini kuchli o‘zgarishi topologik xususiyatlari- ning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning egri- lik darajasi kuchli o‘zgarsa, bir bog‘langan fazo ko‘p bog‘langan fazoga aylanishi mumkin.
Hayot — borliqning namoyon bo‘lish shakli. Tabiat va jamiyat haqidagi konkret fanlar borliqning muayyan xususiyatlarinigina o'rganadi. Borliqning umumiy xossalari hacida esa, falsafa fani tadqiqot olib boradi. Bu jihatdan falsafada hayot muammosiga nisbatan muayyan yondashuv shakllanganini alohida qayd etish
107
lozim. Xo‘sh, hayot nima? Borliqning eng murakkab shakllaridan biri hayot va uning mohiyati haqida to‘xtalaylik. Biz hayot ekan- miz, olamni bilamiz. Hayotning xilma-xil turlari, shakllari borki, ular borliqning moddiy shaklini harakatga keltirishda, boshqa- rishda asosiy o‘rin tutadi. Hayotning eng murakkab shakli inson hayotidir. Bu inson ruhiyati, ongi, tafakkuri bilan chambarchas bog‘langan. Har bir odamga bir marotabagina hayot kechirish imkoniyati berilgan. Insonning qadr-qimmati shu hayotni qanday o‘tkazganligi bilan o‘lchanadi.
Odamning tabiati va hayoti u yashayotgan jamiyatdagi ijtimoiy muhitga ham bog‘liq. Farovon jamiyatda insonlar ham farovon hayot kechirishadi. Qashshoq jamiyatda esa qashshoqlik tomir otadi. Demak, jamiyatimizni qanchalik farovon qilsak, unda yashaydigan insonlarning, kelgusi avlodlarimizning hayoti ham shunchalik baxtli va farovon bo‘ladi.
Hayotning vujudga kelishi va mohiyati haqida hanuzgacha olimlar bir nuqtayi nazarga kelishmagan. Har bir insonning ha- yoti takrorlanmas va o‘ziga xosdir. Balki stanokning bir detali o‘rniga boshqa detalni qo‘yish bilan natija o‘zgarmas yoki bir ish- chining o‘rniga boshqa ishchini qo‘yish bilan stanok to‘xtab qol- mas. Ammo bir otaning o‘rnini boshqa ota, bir do‘stning o‘rnini boshqa do‘st bosa olarmikin? Shunday ekan, har bir odam tak- rorlanmas va o‘z o‘rnida qadrli. Insonni, uning hayotini qadrlash muhim ijtimoiy vazifadir.
Inson tabiiy muhitsiz, suv, havo, quyosh va tuproqsiz yashay olmaydi. Bu unsurlar uning tirikchiligini ta'minlaydi. Bunday qulay sharoit inson uchun faqat Yer sharida mavjuddir. Yerning hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi. Biosfera tirik orga- nizmlarning hayot kechirish muhitidir. Agar Yer shari quyoshga yaqinroq joylashganida, yer yuzasidagi harorat ko‘tarilib ket- gan bo‘lar edi va oqibatda yerdagi namlik, suv yo‘qolar edi. Agar u quyoshdan uzoqda joylashganida, yer yuzasidagi harorat pasayib, hamma joy mangu muzlik bilan qoplanar edi. Har ik- kala holatda ham yer yuzasida hayotning paydo bo‘lishiga im- koniyat yo‘qolgan bo‘lardi. Yana boshqa holni olaylik: Quyosh sistemasi Galaktika markaziga yanada yaqinroq joylashganda
Dostları ilə paylaş: |