Harakat shakllari. Falsafada harakat shakllarini turkumlash- ning bir qancha boshqa ko‘rinishlari ham bor. Ayrim olimlar ha- rakat shakllarini har bir fanning nomi bilan bog'lash kerak, deb hisoblashadi. Bunday qarashning xatoligi shundaki, fanlarning ko‘pchiligi harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar va holatlarni aks ettiradi. Masalan, geodeziya yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya, chiziqli algebra qanday harakat shaklini o‘rganadi? Kibernetika esa ham tabiatda, ham jamiyatda amal qiluvchi boshqarish jarayonlarini o‘rganadi, ya’ni bu fan bitta emas, balki bir qancha harakat shakllarini qamrab oladi.
Harakat shakllarini turlash bo‘yicha quyidagi tabiiy-ilmiy konsepsiya ham diqqatga sazovordir. Mazkur konsepsiya bo‘yicha harakat shakllari quyidagicha turlanadi: fizik harakat (elementar zarrachalar, maydon va aiomlarning harakati), kimyoviy hara- kat (atomlar va molekulalarning harakati) Vc bunda harakatning rivojlanishi ikki yo‘nalishga ajraladi: 1) harakat rivojlanishining yuqori yo‘nalishida biologik harakat shakllanadi; 2) harakat rivoj-
105
lanishining quyi yo‘nalishida esa geologik harakat shakllanadi, biologik harakatning taraqqiyoti ijtimoiy harakatga olib boradi.
Yana bir boshqa konsepsiyada esa harakat borliqning tashkiliy tuzilish darajalariga mos ravishda turlangan. Bu konsepsiyada ha- rakat shakllari uchta sinfga ajratiladi: notirik tabiatda — elemen- tar zarrachalar va maydon harakati, tirik tabiatda — hayotning namoyon bo'lishi, jamiyatda — odamning faoliyati.
Ijtimoiy harakat bizga ma’lum bo'lgan harakat shakllari ichi- da eng murakkabi bo‘lib, unda insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o‘zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chiziqli, batartib harakatlar bilan mutlaqo taqqoslab bo'lmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham o‘ta murakkab- dir.
Fazo va vaqt, makon va zamon. Borliqning asosiy yashash shakllariga makon va zamon, ya’ni fazo va vaqt kiradi. Fazo nar- salarning ko‘lamini, hajmini, o‘zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi.
Ma’lumki, har qanday moddiy jism joyga, ko‘lamga, hajmga ega. Fazo — vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fa- zoning muayyan nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.
Fazo va vaqt tushunchalari, ko‘p hollarda, fors tili ta'sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon, deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma'nosida, vaqt esa hodisalar bo‘lib o‘tadigan muddat ma’nosida ishlatiladi.
Fazo va vaqtni tushunish bo‘yicha substansial va relyatsion yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, bo‘shliq deb bilishadi. Ularning fik- richa, hamma narsa fazo ichiga joylashtirilgan. Fazo o‘ziga nar- salarni sig‘diruvchi substansiya. Hech narsasi yo‘q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bo‘lishi mumkin, deyiladi. Relyatsion kon- sepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy o‘lchamga ega, deyishadi.
106
Hech narsasiz fazoning bo'lishi mumkin emas. Bu farqni relya- tivistik fizika asoschisi Albert Eynshteyn shunday tushuntirgan edi. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni ko‘z oldingizga keltiring. Ilgarigi, Nyuton fizikasiga ko‘ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bo‘sh qoladi, ana shu substansial konsepsiyadagi fazodir. Yangi fizikaga ko‘ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham yo‘qoladi. Bu relyatsion konsepsiyadagi fazodir.
Dostları ilə paylaş: |