108
cdi, yer yuzasida kuchli gravitatsiya ta’sirida narsalarning vaz- 11 i og'irlashib, insondek murakkab jonzodning, balki umuman hayotning paydo bo‘lishiga sharoit bo‘lmagan bo‘lar edi. Aksin- cha, Quyosh sistemasi Galaktikamiz markazidan hozirgiga nis- batan chetda joylashganda ham, gravitatsiya kuchining zaifligi ayrim kimyoviy va biologik jarayonlarning ro‘y berishiga xalaqit bergan bo‘lar edi. Buning oqibatida yer yuzasida hayot paydo bo‘lmas edi.
Demak, inson olamning eng ajoyib mo'jizasi, Yaratganning in’omi, o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan joyda, Yer sayyorasida yashaydi va bunga shukur qilsa arziydi. Inson aql-idrokining olamga ta’sir ko‘rsatish chegarasi «Noosfera» deb ataladi. Qa- dimda insonning tabiiy muhitga ta’siri o‘ta kuchsiz bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan inson qo‘lida qudratli kuch va quvvat man- balari to‘plangach, uning tabiatga ta’siri o'zgardi, atrof-muhit- ni ifloslantirib, biosferadagi tabiiy muvozanatni izdan chiqara boshladi.
Bugungi inson o'zligini anglamas ekan, uning sayyoramiz- ga halokatli ta’siri kuchaygandan kuchayib, oxir-oqibatda uning o‘zini ham halokatga olib borishi mumkin, degan ilmiy bashorat- lar bor. Haqiqatan ham inson faoliyati aql-idrok bilan oqilona boshqarilmas ekan, u Yer yuzining halokatini tezlashtirishi muqarrardir.
Hozirgi zamondagi ekologik muammolardan biri ham inson tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va bu halo- katni to‘xtatib qolishdan iborat. Bu olamni qay darajada yaxshi bilib olishimiz va uning hayotiga nisbatan mas’uliyatni anglashi- mizga bog‘liqdir. Har bir inson jamiyatda va tabiatda tutgan o‘z o‘rnini, umrining ma’nosi va bu hayotdagi mas’uliyatini to‘g‘ri anglasa, atrof-muhitni avaylab-asrashi, Yer yuzini gullatib yash- natishga harakat qilishi shubhasiz.
Tayanch tushunchalar: olam, ontologiya, borliq, borliq shakl- lari, individual borliq, ijtimoiy borliq, real b orliq, virtual borliq, yo‘qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, tabiat, tabiiy muhit, biosfera, noosfera, hayot.
Dostları ilə paylaş: |