Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bi- lish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun — narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa siste- malardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa — sistemani tashkil qilgan elementlarning struk- turaviy bog‘lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifo- dalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o‘zgarishi shakl- ning o'zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo‘lgan. Va- holanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog‘lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo‘lgan mazmun va shaklni bilish xu- susiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juziy o‘zgarish ham bir-biridagi o‘zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgi- na biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bo‘lishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat holati, shakli o‘zgarishi bilan uning
130
mazmuni ham o‘zgaradi. Ya’ni, suv bug‘ holatida chanqoqni qondirmaydi, o‘simliklarni sug‘orish uchun yaramaydi. Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari sistema- ning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, strukturaviy bog‘lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham belgilab turadi. Shunga ko‘ra, shaklni mazmunga nisbatan «ikkilamchi» deyish noo‘rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini belgilab turadi.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriya- lar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yonda- shishlarini alohida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baholashdagi subyektiv, muqobil qarashlarda o‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: |