Zaruriyat va tasodif. Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat — narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa — zaruriyatning namoyon bo‘lish shak- lidir. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtayi nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan ele- mentlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyati- dan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi.
132
Masalan, 0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi tarixiy obyektiv zaruriyatdir, uning «o‘zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo‘lishidir. Bunda tasodif «subyektivla'shtiril- gan» jarayon sifatida ko‘zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir. Chunki, 0‘zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabat- lariga o‘tishning xarakterini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obyektiv qonuniyat- laridan kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruriyatlarning ta- sodiflar tarzida namoyon bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat maqomiga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turib- diki, zaruriyat va tasodif o‘rtasidagi bog‘lanishlar sabab-oqibat munosabatlari xarakteriga mos keladi.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaat- lari nuqtayi nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, obyektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy bo‘lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko‘rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqar- rarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyli- gini inkor qiluvchi qarashlar g‘ayriilmiydir.
Imkoniyat va voqelik ham falsafaning muhim kategoriyalari- dir. Falsafaning sabab va oqibat, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa singari kategoriyalari voqelikdagi o‘zgarish, yangilanish holatlarining muhim tomonlari, bog‘lanish holatlari va asosiy tamoyillarini ifodalasa, imkoniyat va voqelik uzluksiz rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning, ikki xil bosqichi, davri, holatini hamda bu davrlar o‘rtasidagi o‘zaro mu- nosabatni ifodalaydi.
133
Imkoniyat bu yangi narsa, hodisa va tamoyillar kelib chiqi- shini ifodalovchi muayyan shart-sharoit va vaziyat majmuidir. Narsa hamda hodisaning ichki tabiatiga ko‘ra zaruriy ravishda reallashishi lozim bo‘lgan, biroq hali yuzaga chiqmagan voqe- likdir. Voqelik esa imkoniyatning nisbatdoshi bo‘lib real holat va mavjud bo‘lib turgan hodisalarni ifodalaydigan kategoriyadir.
Imkoniyat va voqelik o‘zaro bog‘liqlikda mavjud bo‘ladi, ular bir-birini ham taqozo qiladi, ham istisno etadi. Amaliy faoliyatda doim imkoniyat va voqelikdan hamda imkoniyatsizlikdan ajrata bilishga o‘rganish kerak. Mumkin bo‘lmaydigan narsani mum- kin bo‘ladigan narsa yoki hodisa qilib ko‘rsatish yaramaydi yoki aksincha, mumkin bo‘ladigan narsani mumkin bo‘lmaydigan narsa qilib ko‘rsatish ham imkoniyat va voqelikning mohiyatini, noto‘g‘ri tushunish asosida kelib chiqadi. Bu hol g‘ayriilmiy qa- rash va noto‘g‘ri xulosaga olib keladi.
Imkoniyat va voqelik muayyan mazmunga ega bo‘lgan olam hodisotlarining ikki tomoni, rivojlanishning boshlanish mo- menti va nihoyasi, uzluksiz taraqqiyot jarayonining bir-biri bi- lan bog‘liq, bir-birini tavsiflaydigan halqalari, deb atash mum- kin. Rivojlanish uzluksiz imkoniyatlarning vujudga kelishi, ularning voqelikka aylana borishidan iborat jarayondir. Bunda imkoniyat endigina kurtak otayotgan, ro‘yobga chiqishi lozim bo‘lgan hodisa bo‘lsa, voqelik esa ba’zi hollarda o‘z umrini tugallayotgan, eskirish jarayonida o‘z intihosiga qarab borayot- gan hodisadir.
Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivoj- lanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivoj- lanishning namoyon bo'lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriya- sini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko‘ra, boshqa kategoriyalar bilan bog‘liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor.
134
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huqu- qiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtir- maslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqelik tarixiy genezisiga ko‘ra, o‘zida boshqa voqelikning im- koniyatlarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Masalan, bozor iqti- sodiyotining hozirgi bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Zamonaviy falsafa imkoniyat va voqelikni ilmiy tushuntirib bu kategoriyalar dunyodagi aloqadorlik va rivojlanishning muhim xususiyat, tomonlarini ifodalaydi. Olamdagi narsalarning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishini, taraqqiyotning oddiydan murakkabga qarab yo‘nalishini, eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi qarama-qarshi munosabatlarni bildiradi, deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: |