Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə57/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o‘z aksini topadi. Shu ma'noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jami- yat a’zosi oila bag‘rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol in- sonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o‘z himoyasiga oladi.

Jamiyatdagi ma'naviy-axloqiy muhitning sog‘lomligi ko‘p jihat- dan oilaviy madaniyatga bog‘liq. Oila qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday bo‘ladi. Oilada er va xotinning mavqei, oilaviy muno- sabatlar xarakteri turli xalqlarda turlicha. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan is- lohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg‘or an’analarni tiklashga qaratilgan. Ona va ayol muqaddasligi o‘zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va ayolning muqaddasligi to‘g‘risidagi g‘oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Ulug‘ mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini alohida


150

ta’kidlagan. Sog‘lom, barkamol avlod tarbiyasi ko‘p jihatdan ayolning ma’naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog‘liq. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei hamda rolini kuchaytirishga qaratilgan.

Oila muammolarini ilmiy asosda o‘rganish, ularni oqilona hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan respublika «Oila» ilmiy- amaliy markazining tashkil etilgani ham davlatimizning oilaviy munosabatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor berayotgani- dan dalolat beradi.

Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni. Davlat — jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida muassasa. Davlat umuminsoniy qadriyat, in- soniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir.

Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakl va usullari ham takomillashib boradi. 0‘zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillari- da milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi.

Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyo- siy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, ma- halla qo‘mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuk- saltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qara- tilgan.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin