Demokratik jamiyat. Demokratik jamiyatni barpo etish — 0‘zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilar- ning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asosla- nadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko‘p qirrali aloqasi bo‘lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi
151
elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, sabr-toqat va mu- zokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. 0‘z navbatida, ma'naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi. Bu- gun bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asos- langan, qonun ustuvorligiga tayangan, erkin, demokratik jami- yat barpo etishdir. Undagi «erkinlik», «demokratiya», «qonun ustuvorligi» so‘zlariga e'tibor qaratish kerak. Bu tushunchalar 0‘zbekiston qurayotgan jamiyatning qanday umuminsoniy ta- moyillarga, qadriyatlarga asoslanishini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yashaydigan barcha insonlar uchun mil- lati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoitini yaratib berish, rivojlangan demokratik davlatlar kabi kafolatlangan tur- mush darajasi va erkinliklarini ta’minlash davlatimiz siyosatining falsafiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu — xalqimizning asriy an’analariga, insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda rivojlangan davlatlar tajribalaridan shuncha- ki nusxa ko‘chirmasdan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘lni izchil davom ettirishni anglatadi. Bu jamiyat hayotini demokrat- lashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashti- rish, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurishni erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, siyosiy hayotda haqiqiy ma’nodagi ko‘p partiyaviylikni qaror toptirishni bildiradi. Bu mahalliy hokimiyat va fuqarolar- ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat doirasini kengayti- rish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o‘tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquq va mavqeini oshirishni ko‘zda tutadi.
0‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonlarining huquqiy asosini 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko‘ramiz. Konstitutsiya o‘ziga xos falsafiy mazmunga ega bo‘lib, unda 0‘zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning ustu- vor maqsadlari, tamoyillari, inson huquq va erkinliklari o‘zining yaqqol ifodasini topgan.
152
Mustaqillik mamlakatimizga jahon sivilizatsiyasining eshigini ochdi, uning teng huquqli a’zosi bo‘lish va dunyodagi eng rivojlan- gan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallash imkonini yaratdi. Bugungi kunda xalqimizning ana shu yo‘lda amalga oshirayotgan ulkan bunyodkorlik faoliyati sivilizatsiyalashgan mamlakatlarga xos hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |