Qadriyatlar mavzuining tarixi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o‘tmishga ega. G‘arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g‘oyalariga tayanadilar, ko‘plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G‘arbda qadriyatlar bilan shug‘ullanadigan falsafiy soha — aksiologiya fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo‘ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Aristotel va Gegellar katta e’tibor bergan bu mavzuning G‘arb falsafasida o‘z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.
Ammo ushbu mavzu ko‘hna va navqiron Sharq, xususan 0‘zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G‘arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli bo‘lmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitil-
162
L
gan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug‘bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir.
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tari- xi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risidagi asarlarda, Al- pomish, To‘maris va Shiroq to‘g‘risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko‘plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma’naviy merosimizning yorqin namunasi — «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lganligidan unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash me- zonlari, o‘sha davrdagi milliy g‘oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash to‘g‘risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E’tirof etish kerakki, Qur’on va Hadislarda ta’riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masala- lari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko‘pgina milliy qadriyatlarimizning yo‘qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to‘g‘rida Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan.
Sivilizatsiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash me’yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta’sir ko‘rsatgan. Tarixda nom- lari saqlangan allomalarimiz o‘z navbatida butun jahon, Sharq madaniyatiga g‘oyat katta hissa qo‘shganlar. Bunday fikrni Abu Hanifa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari to‘g‘risida ham aytish joiz. Ularning har biri o‘z zamonasida islomni sivi- lizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ‘ib va tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko‘tardilar, maz- kur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo‘lishida muhim
163
faoliyat ko‘rsatdilar. Ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni zamona zayllari orasidan o‘tish jarayoniga ko‘rsatgan nihoyatd katta ta’siri to‘g‘risida maxsus tadqiqotlar olib borish mumkin. Afsuski, manbalar yetarli bo‘lishiga qaramasdan, yurtimiz sivili- zatsiyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlari- ning madaniyati taraqqiyotiga ta’siri to‘g‘risida yozilgan asarlar haligacha kam, bu to‘g‘rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon yetilgan.
Masalaning muhimligi atoqli qomusiy olimlar — Xoraz- miy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, al-Farg‘oniy, Ulug‘bek, Lut- fiy, Navoiy, Bobur kabi sivilizatsiyamizning zabardast namo- yandalari ijodi va merosi ko‘zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon sivi- lizatsiyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo‘shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta’sirining butun olamga yoyilishida xizmat qilganlar.
Afsuski, dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan sobiq it- tifoqda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqot- lar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat o‘tgan asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba’zi mutaxassislar tomo- nidan tahlil qilina boshlagan bo‘lsa-da, 90-yillargacha falsafa dars- liklarida alohida mavzu sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lmadi. Hukmron mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan maxsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki o‘quv qo‘llanma chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarixchi kabi mutaxassislar tayyorlaydigan ijtimoiy bo‘limlarida ham bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi.
Dostları ilə paylaş: |